YuNISEF O`zbekistonda bolalar va o`smirlar ahvolining vaziyatli tahlilini e`lon qildi.
Tahlilga ko`ra, O`zbekistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan har uch boladan ikkitasi (62 foiz) zo`ravonlik bilan tarbiyalash usullariga (jismoniy jazo yoki psixologik tajovuz) duchor bo`lgan. Biroq janubiy va sharqiy mintaqalar o`rtasida sezilarli tafovut mavjud (51 foizga 79 foiz), buni bolalar tarbiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, urbanizasiya darajasi va boshqa sabablarga ko`ra o`rnatilgan an`anaviy qarashlar bilan izohlash mumkin.
Qayd etilishicha, O`zbekistondagi onalar va tarbiyachilarning 10,7 foizi jismoniy jazo bolani tarbiyalashning zaruriy qismi deb hisoblaydi. Ko`pgina o`zbek oilalarida bunday tartib-intizom usullari – ham jismoniy, ham emosional-madaniy me`yor bo`lib, aksar hollarda e`tibordan chetda qoladi. Zo`ravonlikka moyillik oila muhitiga ham taalluqlidir, bu erda ayollarning katta qismi turli sharoitlarda zo`ravonlikni oqlaydi. Bundan tashqari, erkaklarga iqtisodiy qaramlik, huquqiy himoyadan foydalanishning cheklanganligi va tegishli yordam xizmatlarining yo`qligi bunday munosabatlarning davom etishiga yordam beradi.
Dunyodagi vaziyat
Dunyodagi 2 yoshdan 4 yoshgacha bo`lgan bolalarning to`rtdan uch qismi taxminan – 300 million nafari uyda o`z qarovchilari tomonidan ruhiy tazyiq yoki jismoniy jazoni boshdan kechiradi.
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, 30 ta mamlakatda bir yoshli bolalarning taxminan 10 tadan 6 tasi muntazam ravishda zo`ravonlikka asoslangan tarbiya asosida voyaga etmoqda. To`rtta yosh boladan uchtasi o`z tarbiyachilari tomonidan muntazam ravishda zo`ravonlikka asoslangan tarbiya qilinadi.
Har etti daqiqada bir o`smir zo`ravonlik oqibatida vafot etadi. Nogironligi bo`lgan bolalar nogironligi bo`lmagan bolalarga qaraganda zo`ravonlikni boshdan kechirish ehtimoli deyarli to`rt barobar yuqori.
Maktab yoshidagi bolalarning yarmi – 732 million nafari maktabda jismoniy jazo to`liq taqiqlanmagan mamlakatlarda yashaydi.