▪️Bugun O`zbekiston Energetika vazirligida vazir J.Mirzamahmudov bilan Rossiya Energetika vaziri Sergey Sivilyov o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Sputnik'ning yozishicha, Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyov: "Rossiya va O`zbekiston Markaziy Osiyo yagona energetik tarmog`ini "Tizimli operator"ga qo`shishni ko`rib chiqmoqda. Bu elektr energiyasi xavfsizligini ta`minlash va inqiroz davrida davlatlar o`rtasida energiya almashinuvini boshqarish imkonini beradi", — deya ta`kidlagan.
Uning so`zlariga ko`ra, u o`zbekistonlik hamkasbi bilan mavjud muammolarni muhokama qilib, ularni tezda hal qilish bo`yicha kelishuvga erishgan.
▪️O`zbekistonda AES loyihasi bo`yicha ishlarni boshlash to`g`risida bayonnoma imzolandi. Hujjatning imzolanishi qurilish maydonchasida loyihani amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlari, loyihalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish hamda lisenziyalash ishlarini amalga oshirishning faol bosqichga o`tishini ta`minlaydi.
Ma`lumot uchun: 27 mayda imzolangan shartnoma Rossiya loyihasi bo`yicha Jizzax viloyatida umumiy quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt dan 6 ta reaktor) bo`lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. «Atomstroeksport» AJ («Rosatom» davlat korporasiyasining muhandislik bo`limi) stansiya qurilishi bo`yicha bosh pudratchi bo`lib, qurilishga mahalliy kompaniyalar ham jalb etiladi.