Oliy ta`lim vazirligiga Jismoniy tarbiya o`qituvchilaridan taklif-murojaat

05.07.2024 12:15

“Jismoniy tarbiyada amaliy imtixolarni baholash mezonlari yoshga nisbatan olinsa yaxshi bo`lar edi”, – Oliy ta`lim vazirligiga jismoniy tarbiya o`qituvchilari nomidan taklif sifatidagi murojaat keldi. 

 Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 30-sonli maktab jismoniy tarbiya o`qituvchisi Mansur Qurbonov o`zi guvohi va bevosita ishtirokchisi bo`lgan vaziyat asosida haqli taklifni Rost24`ga yo`llabdi.

 2 yil oldin Davlatimiz rahbari tomonidan ta`lim sohasini rivojlantirish to`g`risidagi farmoni asosida o`rta maxsus ma`lumotga ega o`qituvchilarni oliy ma`lumotli qilish loyihasi ishlab chiqilgan edi. 

 Farmon asosida 5 yil ish stajiga ega bo`lgan o`rta-maxsus ma`lumotli pedagoglarni oliy ta`limga jalb qilish uchun maxsus kvotalar berilishi belgilangan edi.

 Murojaatchi Mansur Qurbonov ham shu Farmonga binoan 2 yil Termiz Davlat Pedagogika instituti Jismoniy tarbiya yo`nalishiga hujjat topshirgan. Ammo etarli ball to`play olmaganligi sababli o`qishga kira olmayotganini afsus bilan bayon qilgan.

 “Amaliy imtihondan yiqilishimga asosli sabab bor. Ya`ni, jismoniy tarbiya bo`yicha amaliy imtihonlarda yosh inobatga olinmagan. Misol uchun, o`tgan yili Termiz Davlat Pedagogika institutiga 100 ta kvota ajratilgan bo`lsa-da, atigi 13 nafar  abiturient qabul qilindi. 

 Buning birdan-bir sababi – yosh toifasi inobatga olinmagani. 15, 25 yillik pedagogik ish stajiga ega o`qituvchilarning yoshi 45, 50 yoshda bo`lishi tabiiy. Ularning  jismoniy ko`rsatkichlari ham yoshlarning ko`rsatkichiday bo`lmaydi. Shuni inobatga olib, faqat jismoniy tarbiya bo`yicha amaliy imtihonlarning baholash mezoni yoshga nisbatan olinsa, yoshi ulug` o`qituvchilar ham oliy ma`lumotli bo`lar edi”, – deydi M.Qurbonov. 

 Murojaatchining ma`lum qilishicha, yaqinda e`lon qilingan mandat natijalariga ko`ra,  ayrim Oliy o`quv yurtlariga 3 nafargina abiturient qabul qilinib, kvotalar to`lmagan. Bunda ham yoshi katta imtihon topshiruvchilarning etarli ball to`play olmagan sabab bo`lmoqda ekan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар