Rost24 ushbu savol bilan jamoatchilikka yuzlandi.
Javoblar:
- Mediada hozir tenglik.
- Blogerlarda imkoniyat ko`p, ular ko`p narsani yozishadi, jurnalistlarda taqiq ko`p. Ular senzuradan qo`rqishadi.
- Blogerlar deb o`ylayman, chunki ular sifatliroq video chiqarishadi.
- Jurnalistlar, chunki ular o`qimishli deb bilaman.
- Blogerlarni xalq ko`proq taniydi, jurnalistlarni hech kim tanimaydi.
- Albatta, jurnalistlar. Chunki, ularning ongi ancha kuchli, blogerlar yaqinda chiqqan.
- Menimcha jurnalistlar, chunki blogerlar bilmaydigan ko`p xabarni jurnalistlar bilishadi. Taqdim etishlari ham boshqacha va aniq.
- O`ylashimcha blogerlar kuchli, negaki, O`zbekistoning teng yarim aholisi yoki undan ham ko`prog`i blogerlarni kuzatadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ular faolroq, media xodimlariga qaraganda.
- Ayni paytda hukumatning o`zi ustunlik qilyapti. Chunki blogerlarni sotib olib qo`yishgan, shu kungacha. 2016, 2018 yillardagi blogasfera yo`q. Sotib olishdi, sotib olishmaganini qo`rqitishdi. Jurnalistlar esa avvaldan qo`rqitilgan. Erkinlik nimaligini bilmasdan turib, yana o`sha holiga qaytarib qo`yishdi.
- Jurnalistlar, ommaga ko`proq ma`lumot berishadi.
- Massa jihatidan oladigan bo`lsak, blogerlarda odam ko`proq.
- Jurnalistlar blogerlarga qaraganda tartibliroq deb bilaman, chunki ular aniq bir reja asosida ishlaydi. Blogerlar ma`lum bir sohaga ixtisoslashgan va o`sha sohani ko`tarib chiqadi.
- Jurnalistlardan ko`ra blogerlarni ancha kuchliroq deb o`ylayman. Masalan, jurnalistlar televizorda, blogerlar esa ijtimoiy tarmoqlarda faolroq. Ko`pchilik ijtimoiy tarmoqlarni kuzatadi.
- Haqiqatni hamma gapirishi mumkin. Faqat blogerlar haqiqatni gapiradi degan gap nisbiy tushuncha. Jurnalistlar orasida ham haqiqatni gapiradiganlari bor.
- Hozirgi vaqtda blogerlar kuchayib ketmoqda.
- O`zbek media olamida blogerlar kuchliroq bo`lsa kerak. Chunki, ular katta auditoriyaga ega va ular tarqatayotgan ma`lumotlar tezroq etib boradi.
Blogerlar ko`proq haqiqatni gapiradi, degan fikrga qanday qaraysiz?
-To`g`ri, chunki ularga ahamiyati yo`q. Jurnalistlarni bilmadim.
- Ikkalasi ham bir xil, men uchun.
- Bu fikrga qisman qo`shilaman, negaki, jurnalistlarga ichki senzura bo`lishi mumkin. Blogerlar esa, nisbatan erkinroq.
- Ha, to`g`ri, blogerlarga auditoriya kerak, tanilish va mashhurlik kerak, shuning uchun ular xalqqa manzur bo`ladigan mavzularni olib chiqishadi. Jurnalistlarda esa, bu cheklangan. Jurnalistlarda hali ham taqiq va senzura bor.
- Nisbatan shunaqa. Buning ikkita jihati bor. Birinchisi, ular bu sohada o`qimagan, bilmaydi qaerda nimani gapirishni, shuning uchun xohlaganini gapiraveradi. Ikkinchisi, ular hali tazyiq, taqiq ko`rmagan. Shu uchun gapiraveradi. Bir marta, ikki marta gapiradi, keyin ularni ham joyiga solib qo`yishadi.
- Bu blogerlarga bog`liq. Blogerlar bor, faqat shov-shuv uchun xabar tarqatishadi. Blogerlar bor, siyosiy, ijtimoiy muammolarni ko`tarib chiqishadi.