Havosi ifloslangan Toshkentni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?

27.01.2024 09:16

Toshkent havosining kundan kunga yomonlashib borayotgani barchamizga ma`lum. Havosi ifloslangan davlatlar qatoridan Toshkent ham o`rin olgani achinarli hol. Aslida Toshkentdagi havoning ifloslanishiga asosiy sabab nima? Sohadagi amaldorlar tomonidan ushbu muammo uchun qanday echimlar berilyapti?

O`zi havoni yaxshilash uchun birinchi navbatda nima qilish kerak? Bugun biz xuddi shu kabi savollar bilan odamlarga yuzlandik va ulardan turlicha javoblar oldik.

Toshkent havosining ifloslanishiga asosiy sabab nima deb o`ylaysiz?

- Qurilishlar ko`pligidan bo`lsa kerak. 
- Planlashtirishning buzilishi. 
- Hamma har joyga chiqindi tashlaydi, sigaret chekadi, shunga. 
- Menimcha, mashinalar ko`pligi uchun bo`lsa kerak. 
- Birinchi o`rinda shu zavod, fabrikalar menimcha. 
- Qurilish albatta. 
- Insonlarning e`tiborsizligi bo`lsa kerak. 
- Belgilangan joyga chiqindilarni tashamaslik-da. 
- Bu to`g`ridan-to`g`ri qurilishlarga bog`liq, qurilishlar ko`paygani sari ekologiyaga katta zarar ko`rsatayapti hamda daraxtlar kesilib ketyapdi. 
- Mashinalar deb o`ylayman, ulardan chiqayotgan yonilg`ilar sabab. 
- To`g`risi bilmayman, agar bilganimda men ham ozgina oqibatlarning oldini olishga harakat qilgan bo`lardim.

Sohadagi amaldorlar tomonidan ushbu muammo uchun qanday echimlar berilyapti, degan savol bilan ham jamoatchilikka yuzlandik.

- Bu haqda xabarim yo`q lekin, to`g`risi. 
- Endi ko`proq daraxtlarning kesilishiga e`tibor beriladigan bo`ldi. 
- Bilmadim, xabarim yo`q, lekin shu masala ko`tarilgan. 
- Daraxtlar ekilishi boshlanganiga ancha bo`ldi, endi kutish kerak. 
- Echim sezmayapman, faqat ifloslanyapti-da. 
- Endi-endi harakatlar boshlandi. Lekin ancha vaqt sukut saqlash bilan javob  qaytarildi bunga. 
- To`g`risi, ekologiya haqida kuzatmayman, lekin sezilarli nimadir qilganlarini sezmadim.

Bizning keyingi savolimiz esa, o`zi havoni yaxshilash uchun birinchi navbatda nima qilish kerak, degan savol bo`ldi. Ushbu savolga esa quyidagicha javoblar oldik. 

- Ko`proq daraxtzorlar, yashil zonalarni ko`paytirish kerak. 
- Har bir odam o`zini ma`sul his qilsa, shunda Toshkent havosi o`zgaradi. 
- Menimcha daraxtlar, archalar ekishimiz kerak va hozirgi kunda eletromobillarni ko`paytirish kerak. Bularni yanada rivojlantirish kerak, narxlarlarini yanada arzonroq qilsa, aholi o`sha mashinalarni sotib oladi va atrof-muhitga ozgina bo`lsayam foydasi tegadi deb o`ylayman 
- Ko`proq e`tibor berish kerak tabiatga. 
- Kesishni o`rniga, ko`proq daraxt ekish kerak. 
- Mashinada kamroq yurish kerak.

Siz ushbu savollarga qanday javob bergan bo`lardingiz?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар