O`zbekistondagi oliy ta`lim haqida gapirilsa, talabadan so`raladigan forma va tozalik masalasi yoki internetdan ko`chirilgan zerikarli ma`ruzalarni eslash mumkin. Oliy ta`limimiz undan har yili etishib chiqayotgan, qaerda ishlashni bilmaydigan millionlab kadrlar bilan jar yoqasiga kelib qoldi.
Tizim va kadrlar masalasida bunday muammolar borligiga sabab nima? Oliy ta`limdagi darslar sifati talabga javob beradimi? Talabalar oliy ta`limdagi darslar sifatiga 5 baldan necha ball beradi? Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta`lim olayotgan talabalar o`rtasida so`rovnoma o`tkazdi.
Talabalar:
- 4 ball beraman, kamchiliklar bor;
- 5 balldan 3 ball beraman. Chunki darslar sifati ancha tushib ketgan;
- Eski professor o`qituvchilarni bilimi yaxshi, hozirgi ustozlarning hammasi ham talabga javob bermaydi;
- Sifat yo`q, hamma narsa pul bo`lib ketgan;
- Zamonaviy talablarga javob bermaydi;
- Yaxshi, yomon o`qituvchi ham dars beryapti;
- Slaydni qo`yib berib ko`chirasizlar, eplaysizlar deydi;
- O`qitish metodi judayam eski, oson narsani qiyin, qiyin narsani oson qilib tushuntiradi;
- Kredit modul tizimi faqat pul olish uchun ishlaydi;
- Modul tizimi bo`lsa ham o`qituvchilarni o`zimiz tanlolmaymiz, tanlasak ham bari bir yana o`z bilganini qo`yishadi;
- 5 baldan 2 ball beraman, chunki qoniqtirmaydi;
- Laboratoriya jihozlari yo`q, talabga javob bermaydi, kabi fikrlar aytildi.
Xulosa: Kredit modul tizimi amalga tatbiq etilgach, ko`pchilik endi oliy ta`limda o`zgarishlar bo`lishiga ishongan edi. Ammo jahon standartlarida talabaning bilim olishini baholaydigan tizim O`zbekistonda davomatni tekshirish va “NB” qo`yish tizimiga aylantirildi. Talabalarning ko`pchiligi darsga qiziqqanidan emas, modulga “NB” tushib, yil oxirida yana pul to`lamaslik uchun keladi.