Vazirlar jamoatchilikdan nega qo`rqadi?

16.10.2023 09:09

O`zbekistonda vazirlar Konstitusiyada belgilab qo`yilgan vazifasiga ko`ra, har yili Senat oldida hisobot beradi. Lekin jamoatchilik vakillari va jurnalistlar oldida yiliga bir marta bo`lsa ham chiqish qilmaydi. Chunki jurnalistlar ularga ko`p savol berib yuborishi mumkinmi, deputatlar esa yo`q?

Joriy 2023 yil ham o`z nihoyasiga etish arafasida. Ijro etuvchi hokimiyat hisoblanmish vazirliklar va ularning rahbarlari 10 oy davomida qilingan ishlar yuzasidan jamoatchilikka qachon va qanday hisobot berdi?

Bu yil 22 vazirning faqat 3 tasi: Adliya, Energetika hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklari rahbarlari jamoatchilik vakillari va jurnalistlar bilan matbuot anjumani tashkil etdi, xolos.

Sog`liqni saqlash vazirligi rahbarining OAV vakillari bilan “chuqurlashmaslik” haqida yopiq suhbat o`tkazganini hisobga olmaganda va Suv xo`jaligi vazirligining "Qo`shtepa" kanali bo`yicha jamoatchilikka hisobot berishga majbur bo`lganini inobatga olmaganda, qolgan 17 ta vazirlik rahbarlari jamoatchilik oldida hisob bermadi.

Umuman olganda, vazirlarning ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilishi 2016 yilga kelibgina boshlangan.

O`zbekiston hukumat a`zolari orasida birinchilardan Aziz Abduhakimov  OAV bilan muloqot o`rnatgan vazir hisoblanadi.

Shundan so`ng, yildan yilga vazirlar ishtirokidagi matbuot anjumani va brifinglar ko`paya boshlagandi. Lekin 2023 yilda vazirlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv va muloqotlar soniga qarab, jamoatchilikka nisbatan “yopiqlik siyosati” yana qaytadimi, degan xavotirlar uyg`onmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар