“Pedagogning maqomi to`g`risida”gi qonun Senat tomonidan ma`qullandi.
Unga ko`ra, qonun bilan:
— Pedagog kasbiy faoliyatiga g`ayriqonuniy ravishda aralashish;
— Kuz-qish davrida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ta`lim tashkilotiga navbatchilikka jalb etish;
— Tovarlar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini pedagoglarga yuklash;
— Lavozim maoshidan pedagogning roziligisiz tovarlar va xizmatlar uchun mablag` ushlab qolish taqiqlanmoqda.
Shuningdek, olis hududlarda uy-joylarni ijaraga olgan taqdirda pegagogga har oylik kompensasiya to`lanishi;
— pedagoglarning farzandlari davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga imtiyozli ro`yxat asosida qabul qilinishi;
— davlat sog`liqni saqlash muassasaladida majburiy bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, alohida mehnat sharoitlarida, respublikaning olis hududlarida hamda alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida ishlaydigan pedagogga ustamalar belginadi.
Fan nomzodi yoki fan doktori (PhD) uchun bazaviy lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (DSc) va professor ilmiy unvoniga ega shaxslar uchun bazaviy lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik ustama to`lanishi belgilandi.
Lekin ma`qullangan hujjatda, 2020 yilgi qonun loyihasida e`lon qilingan jihatlar:
— pensiya yoshi besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olishi;
— oliy ma`lumotga ega bo`lmagan ammo ta`lim tashkilotida kamida besh yillik ish stajiga ega pedagog xodimni suhbat asosida OTMga qabul qilish ko`zda tutilmagan.
Endi faqat Prezident tasdig`i qoldi, qonun davlat rahbari tomonidan imzolangach, rasman e`lon qilinadi.