Til siyosatidagi kurash: O`zbekiston maktablari qay birini tanlaydi, inglizmi yoki rus tili?

09.02.2021 12:19

Sherzod Shermatov AQShning O`zbekistondagi elchixonasining maxsus loyihasi yordami bilan O`zbekistondagi o`qituvchilarning ingliz tili bo`yicha malakasini oshirmoqchi.

Bugun, Toshkent shahridagi 295-maktabida Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, AQShning O`zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum O`zbekiston maktablari va oliy o`quv yurtlarida dars berish maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurgan 27 nafar amerikalik ingliz tili o`qituvchi va olimlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Vazir va AQSh davlatining O`zbekistondagi elchisi 295-maktabning ingliz tili darslarida ham qatnashdi. Deniel Rozenblyum ingliz tili darsiga kirib o`quvchilarga savollar bilan yuzlandi. U o`quvchilarga Alisher Navoiy haqida gapirib, uy kutubxonasida Navoiy Xamsasining «Farhod va Shirin» asarini ingliz tilidagi tarjimasini saqlashini va mutolaa qilib turishini aytdi.

AQSh elchisining rost24.uz sayti muxbiriga aytishicha ayni damda O`zbekistondagi ingliz tili o`qituvchilarini AQShda malaka olib qaytishiga imkon beruvchi loyiha mavjud. Ushbu loyiha doirasida yiliga 50 nafar o`qituvchilar AQShda ingliz tilini o`rgatish bo`yicha malaka oshirib qaytadi.

O`zbekistonda to`liq ingliz tilida dars o`tiluvchi maktab ochiladimi?

Sherzod Shermatovning rost24.uz axborot sayti muxbiriga aytishicha O`zbekistonga tashrif buyurgan 27 nafar ingliz tili o`qituvchilari 14 ta viloyatdagi malaka oshirish institutlariga borib o`qituvchilarga dars o`tadi.

«Ingliz tili o`qituvchilarining etishmovchiligi katta masala. Yanayam qiyini mavjud ingliz tili o`qituvchilarimizning bilim darajasi ham qoniqarli emas. To`liq ingliz tilida dars o`tuvchi maktab tashkil etishga erta ammo, STEAM darslarini ingliz tilida joriy qilishni rejalashtirganmiz. Asosan e`tiborni chekka hududlarga, viloyatlarga qaratmoqchimiz. Toshkentda malaka oshirish instituti va televidenie orqali ingliz tili o`rgatiladi», deydi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov

O`qilmagan g`azal...

Tadbir doirasida AQSh elchisi Daniel Rozenblyum buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag`ishlab tadbir ishtirokchilariga Navoiy g`azalidan parcha aytib berdi. Xalq ta`limi Sherzod Shermatovdan ham jurnalistlar Navoiy g`azalini o`qib berishni so`rashdi ammo, u bayt chellenjida qatnashganini aytib, g`azal o`qib berishdan bosh tortdi.

Rus tilimi yoki ingliz?

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Rossiya Federasiyasi maorif vazirligi hamda Alisher Usmonovning «San`at, fan va sport» xayriya jamg`armasi hamkorlikda O`zbekiston Respublikasida rus tili va umumiy fanlarni rus tilida o`qitish sifatini oshirishga qaratilgan memorandumni imzolagan edi. Memorandumga ko`ra 32 nafar rus metodistlari mahalliy maktablar o`qituvchilari va o`quvchilari o`rtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun O`zbekistonga kelgan. Joriy yilning boshlarida O`zbekistonga yana 100 nafar rossiyalik mutaxassis keldi. Shuningdek, O`zbekistonga yo`naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko`payib boradi.

Inglizmi yoki rus tili? Qay birining geografiyasi va imkoniyatlari nisbatan keng? O`zbekiston maktablarida qaysi tilni o`rgatsak o`quvchilar oldida ko`proq eshiklar ochiladi? Vazir Sherzod Shermatovning aytishicha, ingliz tilini mukammal bilish farzandlarimiz kelajagining muvaffaqiyat garovidir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
14
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.02.2021 18:52
Qo'shilaman! Ingliz tilini rivojlantirib rus tilidanvoz kechish kerak. Shundagina o'risparastlikdan qutilamiz.
11.02.2021 23:11
Ассалому алайкум! Тугри инглиз тилини билса фарзандларимиз чет элга чикса ,укиса имконият эшиклари очик улар учун. Лекин рус тилини хам албатта урганиш керак! Энг ноёб илмий асарлар,том том китобларни рус тилида бемалол укиса булади.
11.02.2021 08:38
Аввал рус тилини ўрганиш керак, кейин бошқа тилларга ўтса бўлади.
10.02.2021 23:10
Хар.иккаласи.хам кирак
10.02.2021 23:10
Хар.иккаласи.хам кирак
10.02.2021 16:34
Rus tiliga nisbatan Ingliz tilini òrganish foydaliroq deb xisoblayman sababi ingliz tili dunyo tiliga aylanib bòldi!!! Rus tilida bor yòģi sobiq ittfoq davlatlari foydalanishadi!!!
10.02.2021 15:54
Иккала тил хам керак-, 1сабаб: кимннингдир имкони Ангиля ва Америка давлатига бориб, укиш ëки ишлашга имкони етар, 2 сабаб :кимдидир Россия ëки СНГ давлатларида укиш ëки ишлашга имкони бор
10.02.2021 15:07
4 qatorlik ruboiy ham aytolmadizmi, Shermatov. Uyat-e. Chellenjiz ham bor bo‘lsin. Bu "bilmayman" degan so‘zning sinonimi bo‘lganligini amerikaliklar allaqachon tushunishdi. O‘zbek tili dars soatlarini qisqartirganligizni aytib maqtangan hamdirsiz. Afsus.
10.02.2021 11:59
Иккала тилни ҳам ўрганишлари керак! Ўқувчининг ўзлаштириш қобилият қайсинисига устун бўлса, шу тамон йўналтирилди керак! Географик жиҳатлар, аҳолининг молиявий-иқтисодий имкониятлари, МДҲ доирасида миллатлараро маданий-иқтисодий мулоқотларни ҳисобга олсак, албатта рус тилини ўрганиш керак! Ўзбекистон аҳолисининг ярими рус тилини тушинади ва фикрини билдира олади! Инглиз тилини биладиганлар 1% ни ҳам ташкил қилмайди! ИМХО.
10.02.2021 10:28
ЕАЭС га кираетганлигимиз муносабати билан биринчи навбатда рус тилини урганишимиз керак. Бунинг учун ешларни Россия ВУЗларига укишга юбориш максадга мувофик булади.
10.02.2021 10:18
Ха.Албатта инглиз тилини фарзандларимиз мукаммал урганиши керак.
10.02.2021 09:22
Рус тилини ургатиш керак .Дунеда биронта инглиз тилида укиган яхши инсон чикмаган.Шу кунгача дуне халкларини манфаати учун Ким Нима килган булса рус тилида сузлашувчилар булган .Инглиз тилида укиганлар факат алгов далгов канакадир кммматли когозлар еки бировни алдаб бойиб кетишни урганади.Масалан Шерматов.
10.02.2021 08:27
O'zbek tili chetga chiqib qolmasmikan
10.02.2021 01:37
Ингилиз тили ёки Рус тилини ўргатишга қаршилигимиз йўқ, лекин маънавий баркамол авлод тарбиялашимиз учун, аждодларимиз ўрганган ва кўплаб асарлар яратилган, иккинчи ренесанс тили бўлган араб тилига ҳам кенг йўл очилса яхши бўларди. Учинчи ренесансга пойдевор, авваламбор, биринчи ва иккинчи ренесансда яратилган китобларни ўзлаштириш орқали бўлади. Ҳеч бўлмаганда 1200 йилга яқин фойдаланган эски ўзбек ёзувимизни ўргатишга эътибор қаратиш лозим.