Akrom Malik qamoqxonada yozgan asariini chop ettirdi

09.02.2021 08:54

Navoiyshunos, tadqiqotchi olim Akrom Malikning ozodlikdan maxrum bo`lgan vaqtda yozgan asari nihoyat chop etildi. 

Akrom Malikning bu risolasi Alisher Navoiyning Xamsa dostonidagi “Hayrat ul-abror” asari matni, sharhi, nasriy bayoni va lug`atini o`zida mujassam qilgan birinchi kitobdir.

“Navoiyni o`zbek xalqi sevadi. Uni ommaga yaqinlashtirishda ushbu kitob yordam beradi. Mening asosiy maqsadim ushbu kitobni 3 jildini ham chop ettirishdir”, deydi Akrom Malik.

Navoiyni yoshlarga yaqinlashtirishga, sodda tilda kengroq ommaga tarqalishiga yordam beruvchi “Hayrat ul-abror” matni, sharhi, nasriy bayoni kitobi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan moliyalashtirilmagan. Akrom Malik ham o`z o`rnida uyushmaga yordam so`rab borishni istamagan. Hozirda muallif kitob reklamasi, uning audio bayonini keng yoyishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilmoqda. Yozuvchi Navoiy tili murakkab bo`lsa-da, mazkur sharh turli yosh va bilimdagi keng ommaga moslashtirilganini aytmoqda. Uning so`zlariga ko`ra, kitobda birgina “Bismillah” so`zining sharhiga alohida bob ajratilgan. Shuningdek, kitobda Abdurahmon Jomiy, "Ko`ngil" uchun ham boblar ajratilgan. 

Muallifning aytishicha, Navoiy asari ilk marotaba shunday tushunarli sodda nasriy bayonda chop etilmoqda. Kitob muqovasi bilan birga 476 sahifani tashkil etib, “Tamaddun” nashriyotida 3 ming nusxada chop etilgan. Mas`ul muharrir filologiya fanlari doktori, professor, O`zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, Davlat mukofoti sohibi Shuxrat Sirojiddinov, ilmiy muharrir filologiya bo`yicha falsafa doktori Olimjon Davlatov hisoblanadi.

Kitobni xorijda sotish ham rejalashtirilgan hamda turk tiliga tarjima qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.02.2021 21:37
Shundek ijodkor bolarni qamasak ohirimiz qullikga borib taqaladi ozi hoziram qulmizku kattalarga kuyovlarga
26.02.2021 21:37
Shundek ijodkor bolarni qamasak ohirimiz qullikga borib taqaladi ozi hoziram qulmizku kattalarga kuyovlarga