Kaspiy dengizi ham qurimoqda

14.07.2023 08:19

Oxirgi 15 yilda olingan kosmik suratlarni o`rgangan mutaxassislar Kaspiy dengizining shimoliy-sharqiy, Qozog`istonga tegishli qismining  7,1 foizi qurib bo`lganini aniqlagan.

Kaspiyning 8,1 ming kvadrat kilometr qismi qurigan. Yuqoridan olingan suratlarda dengizning o`rnida (Atirau shahri yaqini va Ural daryosi deltasida) ulkan yangi cho`l hosil bo`lganini ko`rish mumkin.

Avvalroq dengiz Turkmaniston qirg`oqlaridan ham juda tez chekinayotgani, mashhur Avaza kurortlaridan dengiz 100 metrgacha qochib ketgani aytilgan edi. Dengizning tarkibi bo`lgan Qorabo`g`ozko`l deyarli ajralib qolgan. Mutaxassislarning aytishicha, yaqin 20 yilda u to`liq qurib bitadi.

Kaspiyning qurib borayotgan qismi O`zbekistonga juda yaqin hudud bo`lib undagi qurish jarayoni O`zbekiston ekotizimiga ham ta`sir ko`rsatmasdan qolmaydi.

Nima sababdan Kaspiy dengizi qurimoqda?

Iqlimshunos, doktorant (PhD) Erkin Abdulaxatovning aytishicha, iqlimning isishi Kaspiy dengizida bug`lanishni kuchaytirib yuborgan. Dengiz suvi quyosh nurlari ta`sirida bug` ko`rinishiga kelib atmosferaga ko`tarilmoqda. Bundan tashqari, Kaspiyga quyiluvchi Ural va Volga daryolarining suv hajmi ham kamaygan. Bu yil ushbu daryolar manbai va unga yaqin hududlarda yog`ingarchilik kam bo`lgani hisobiga ham daryolarning dengizga quyiluvchi suv hajmi keskin qisqargan. Olimning qo`shimcha qilishicha, Kaspiyning qurish jarayoni iqlim isishiga mos ravishda davom etaveradi.

2008
2013
2018
2022
2023
@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
12
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар