Obidalarni suratga olish pullik bo`lgan yurtimizda turizm rivojlanadimi?

08.07.2023 17:52

Har bir mamlakatning turizm salohiyati o`zining qadimiy, tarixiy va madaniy obidalari bilan o`lchanadi. Ammo faqat O`zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun turli festivallar, dasturxon yozish bilan bog`liq tadbirbozliklar qilinsa kerak. Bunday tadbirlar milliardlab mablag` sarflab o`tkaziladi.

Misol uchun birgina 2022 yilda Xorazmda “Lazgi” xalqaro raqs festivali, Qoraqalpog`istonda “Stixiya” elektron musiqa festivali, Surxondaryoda  “Boysun bahori” xalqaro festivali, Namanganda Xalqaro gullar festivali, Toshkentda “Tashkent Coffee & Tea Festival – 2022” choy va kofe festivali, Buxoroda Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali, Xorazmda “Pahlavon Mahmud - Strongmen Games ” II-xalqaro turniri, Qashqadaryoda Yoshlar turizmi qurultoyi, Qoraqalpog`iston: “Orol baliqlaridan 99 xil taom” gastronomik festivali, Samarqanddagi Xalqaro gastronomik festival, Farg`onada  “Kokand ethnosport challenge – 2022” festival, Marg`ilonda “Atlas bayrami” xalqaro an`anaviy tekstil festivallari o`tkazilgan. Ammo bu turizmni rivojlantirish uchun doim ham echim bo`la olmaydi. Aslida turistlar uchun doimiy qiziqish uyg`otadigan tarixiy obidalar, noyob, madaniy joylarni saqlab qolish uchun qanchalik harakat qilinyapti degan savol doimgidek ochiq qolaveradi.

Biror joydagi haqiqatni ko`rmoqchi bo`lsang hech kimga aytmay bor degan gap bor. O`zbekistondagi tashqi va ichki turizm qanday, tarixiy joylar qanchalik saqlab qolinmoqda?

Rost24.uz ushbu mavzuda O`zbekiston bo`ylab sayohat qilayotgan Obidjon Latipov bilan suhbatlashdi. U 2023 yil 20 maydan boshlab butun O`zbekiston bo`ylab sayohat qilmoqda. Latipov bizga sayohat davomida ajablantirgan va hayron qolgan muammoli vaziyatlarni ham aytib o`tdi.

Misol uchun, Qashqadaryoda Oqsaroy majmua tarixini tushuntirish uchun birorta ham gid xizmatidan foydalana olmaganini, Qoraqalpog`istondagi mashhur muzeyda suratga olish uchun 600 ming so`m so`rashgani, Buxoroda turistlarni jalb qilish uchun o`tkazilayotgan festivalga tayyorgarlik jarayonida turistlarga sayohat qilish uchun ruxsat berilmayotgani va Navoiyda kimsasiz cho`lda jazirama issiqda qolib ketganini hamda birorta mas`ul tashkilot va milliy operatorning aloqa xizmatlaridan foydalana olmaganini aytib o`tdi.

Shu kabi muammolarni o`tkazilayotgan festivallar bartaraf etarmikin? Yoki sayyohlar oqimini ko`paytirarmikin?

Ma`lumot uchun, 2022 yil O`zbekistonga 5,2 mln nafar turist tashrif buyurgan. 2023 yilning yanvar-may holatiga ko`ra esa, bu ko`rsatkich 2.6 mln nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, O`zbekistondagi tarixiy obidalar va  yodgorliklarning ta`mirtalab holatda qolib ketayotgani va tarixiy joylardagi toshlar va obidalarga turli yozuvlar yozib tashlangani ham ularni saqlab qolishda deyarli hech qanday ishlar qilinmayotganidan darak berar...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар