Ekologik muammolar faqat ekobologerga kerakmi?

07.07.2023 19:03

Ekologik tashkilotlar doimgidek sukut saqlamoqda

“O`rikguli” nomi ostida faoliyat yuritadigan ekobloger Mo``tabar Xushvaqtova 3 iyul – Plastik paketlardan voz kechish kunida 250 ta plastik paketdan iborat maxsus kiyimida Toshkent shahrining markaziy joylarida aylangani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. 

Ko`p o`tmay esa blogerning ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya vaziri bilan uchrashgani hamda unga kitob sovg`a qilgani aks etgan surat tarqaldi.  

Rost24.uz ekobloger “O`rikguli” bilan plastik paketlardan voz kechish kunidagi targ`iboti va vazir bilan uchrashuvi haqida suhbatlashdi.

Ekobloger bu harakati orqali odamlarni plastik paketlardan voz kechishga chaqirgan. Chunki bitta odam yiliga 650-1000 ta plastik paket ishlatadi. Plastik paketlarning chirishi juda sekin va qayta ishlash jarayoni ham yaxshi emas.

Bloger “O`rikguli”ning 3 iyul kuni kiyib yurgan kiyimida esa 250 ta paket bor edi. U bu paketlarni tanishlaridan, obunachilari va blogerlardan yig`ganini aytdi.

Blogerning so`zlariga ko`ra, agar plastik paketlardan voz kechilmasa, bugungi kunda yomonlashib borayotgan ekologiya bundan-da yomon holatga kelishi mumkin ekan. Natijada esa insonning yashash yoshi qisqarib boraveradi.

Ekobloger plastik paketlardan iborat kiyimini kiyib shahar aylanganidagi odamlarning munosabati haqida ham gapirdi.

"Hatto "bu jinni bo`lib qolibdi”, degan gaplarni ham eshitdim, hech kim yonimga kelib so`ramadi. Faqat ikki nafar rusiyzabon kishi qiziqdi", – dedi ekobloger.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan vazirning sovg`asi esa aslida sovg`a emas, shunchaki o`sha payti tanishib chiqish uchun berilgan darslik ekanligini, vazirning paketlardan tayyorlangan kiyimni ko`rib hayratlanganini va videoni hali ko`rmaganini ham aytgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali uning suvni tejash borasidagi postlari ham yuqoridagi mas`ul xodimlarga emas, doimgidek pastdagi obodonlashtirish xodimlariga jabr bo`lgan.  

Bugungi kunda ekologiya ko`p gapiriladigan eng muammoli soha hisoblanadi. Bu borada esa ko`pchilik qatori ekofaolning fikricha ham hech qanday ishlar qilingani yo`q. Fuqarolarda ham ekologiya borasida hech qanday tushuncha va xavotir yo`qligini, bu borada ko`proq targ`ibot kerakligini ham ta`kidladi.  

Ekologiyani o`rganish, himoya qilish uchun muammolar qatori O`zbekistonda ekologik tashkilotlar ham juda ko`p. Ammo, afsuski ushbu tashkilotlarning hech biri bilan bog`lanib bo`lmaydi. Jamoatchilik fikri bilan aytganda, bunday tashkilotlarning bor-yo`qligi bilinmaydi. Ekologik muammolar ko`payib, kuchayib bormoqda va bu tizim endi ishlashi yoki isloh qilinishi kerak. Chunki ekologiya mavzusi bugungi kunda muhim va echim topilishi kerak bo`lgan eng dolzarb muammodir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар