Amir Temur musulmonmidi?
Ushbu savolga turkiyalik tarixchi olim Ahmat Anapali faktlar bilan javob berdi.
Shuningdek, uning raqibi bo`lsada turk hukmdori Yildirim Boyazidga munosabati haqida ham ko`pchilik bilmagan ma`lumotlarni keltirdi.
Tarixchi olimning so`zlariga ko`ra, Temur haqiqiy musulmon edi, ya`ni e`tiqodiga ko`ra sunniy mazhabiga mansub bo`lib, mazhabiga hurmati juda baland musulmon bo`lgan.
"Temur faqat o`zini eng buyuk odam deb bilar edi. Uning shunday so`zlari bor edi, "Yuqorida yagona bir Alloh bor, erda ham yagona bir hukmdor bo`lishi kerak va u men bo`laman! Yuqorida Alloh, pastda Temur". Bu g`oya ortidan atrofidagi hamma hukmdorlar bilan jangga kirdi. Bu janglar ortidan qisqa fursatda yirik va qudratli davlat bunyod qildi. Bu davlat O`rta Osiyo va Hindistongacha kengaydi. Rossiya erlariga hukmdor bo`ldi. Anadolu, Erongacha keldi.
Temurning bir da`vosi bor edi. Temur Boyazid Yildirimga “Menga tobe bo`l”, deb da`vo qildi. Men Amirman va dunyodagi yagona hukmdor menman, dedi. Ularning orasida 20 yosh farq bor edi. Yildirim yosh, Temur esa ulug` yoshda. O`rtalaridagi maktub almashmalarida “Menga itoat qil, men xonman, sen itoatimdasan”, derkan. Temur har doim qardoshim, dinqardoshim, dindoshim deb odob bilan murojaat qilib xatlar yuborgan. Yildirim esa maktublarida “quturgan ko`ppak, quturgan ot go`shti egan varvar" deb haqoratlab yozar edi.
Taxminan, 1396 yilda Usmonli davlati kengayib, Evropadagi xristianlarga qo`rquv sola boshlaydi, Evropani musulmon o`lkasi qilish rejalashtirilgan edi. Bu orada Sharqda Temur Xitoyga tahdid solayotgan edi.
Bugungi kundagi Hindistondan ajralib chiqqan Pokiston davlati Amir Temur Hindistondagi aholini musulmon qilishi ortidan tashkil topgan. Temur musulmon qilgan hindlar to`planib Pokiston bo`lgan. Bugun Pokiston degan davlatning borligi Temurning xizmati sababdir.
Hindistonga yo`l olarkan, 30 kunda, ya`ni, bir oyda 20 ta jang o`tkazdi va hammasida g`olib bo`ldi. Har bir shaharni jang bilan oldi. Dam olish, to`xtash, uxlash, achinish yo`q. 30 kunda 20 ta jang va hammasida g`alaba qozonish - bu dunyo rekordi.
U Hindistonni qo`lga kiritib, ko`p insonlarni musulmon qildi. Turkiyaning ozodlik jangida Hindistondagi musulmonlardan moddiy yordam kelganini yodga olaylik: u erdagi ayollar bilak uzuklari, ziraklari, oltinlarini sotib pullarini jo`natishgan edi. U insonlarning bobolarini esa Temur musulmon qilgan edi.
Temur Rossiyani hokimiyatga qo`shdi. Oltin o`rdani yiqitib, Rossiyani qo`lga kiritdi.
1396 yilda Yildirim Boyazid Istanbulni zabt etmoqchi edi. U 13 davlat qo`shini bilan Bolgariyada jang qildi. Hammasini engdi. Bu orada Temur unga maktub yuborarkan, unda “Ey sulton Boyazid sen bilan jangimiz aniq. Bir kun albatta uchrashamiz va albatta kuchlarimizni sinaymiz. Sen zo`rmi yoki men, buni bir kun butun dunyo ko`radi, ammo u kun bugun emas. Sen Islom nomini, islom bayrog`ini g`arbga qarata kengaytirishga urinmoqdasan va kofirlar bilan jang qilmoqdasan, senga hujum qilmayman. Kofirlar ustidan g`alabang uchun duoda bo`laman. Agar istasang g`alabang uchun 20 ming askarimni senga jo`nataman. Yordam bo`lsin, mening askarlarim, sen bilan birga jang qilsin. Bu oddiy jang emas, bu Islomning jangi. G`ayridin va kofirlarni eng, g`alabangda mening ham yordamim bo`lsin”, deb yozadi.
Ammo Yildirim bunga javoban “Menga yordamga harakat qilma, qo`rqsang qo`rqdim deb ayt, qutirgan ko`ppak, men ham g`arb bilan, ham sen bilan jang qilishga tayyorman. Istasang ham ular bilan, ham sen bilan jang qilaman” deb javob beradi.
Janglarda Yildirim g`alaba qozonadi, Temur unga tabrik maktublari yo`llaydi, bu Amir Temurning buyukligini isbotlaydi.
Boyazid 1402 yilda Temurning qo`shin to`plab kelayotganini biladi va ular Anqaraning Chubuk tekisligida uchrashadi. Temurning 600 minglik qo`shini bor edi, ammo bu jangda qanchasi qatnashgani ma`lum emas. Yildirim Boyazidning esa 200 ming qo`shini bor edi. Anqara jangida Yildirim Temurni engishi mumkin edi. Ammo u o`ziga yordamga kelgan Anadolu beklarini juda qattiq haqorat qilib, katta tarixiy xatoga yo`l qo`ydi. Bu haqoratlardan so`ng, beklar Usmonli qo`shinidan chiqib, Temurga qo`shiladi. Bu esa Yildirim qo`shinini zaiflashtirgan edi.
Temur hali oxirgi chorasi – maxsus boqilgan hind fillarini qo`llamagan edi.
Yildirim jahliga, g`azabi va hirsiga engilib, Temurning 70 minglik qo`shiniga qarshi jangga kiradi. Temur bu vaziyatdan foydalanib, Yildirimni asirga tushiradi va Usmonli qo`shini mag`lub bo`ladi.
Yildirim esa "Anqara jangida g`alaba qilishim bilan Temurni hayvon qafasiga solib, butun shaharni aylantiraman", degan edi. Temurning oldiga Boyazidni keltirishganda uning so`zlarini eslatishadi. Temur esa bu vaziyatda “Qarshimda turgan turk hukmdori, men turk hukmdoriga bunday qilmayman”, deydi. Va uni o`zi kabi bir saroyda yashatadi. Temur uni hayvon qafasiga solmaydi, nega? Chunki u Yildirimdan o`zgacha va buyuk daho bo`lgani uchun unday qilmaydi.
Anqaraning Chubuk tekisligidagi jangni fillar hal qilgan va ular sabab jangda g`alaba qozonilgan. Fillar qo`mondoni Eson Buga bo`lgan. Bu nom esa vaqtlar o`tishi bilan o`sha joyda qurilgan hozirgi aeroportga qo`yilgan. Bugun Anqara aeroportining nomi Eson Bugadir. Usmonlini enggan bir dushmanning ismi bugun Turkiya davlati poytaxtining bosh aeroportiga qo`yilgan.
Temur 1405 yilda Anadoluni, Rossiyani, Hindistonga qadar hamma joyni o`z hukmronligi ostiga olgan buyuk davlat barpo qildi. U 1405 yilda Xitoyga yurishi chog`ida vafot etadi. Temur umrida to`shakka yotib qolmagan, u hududdan bu hududga yurish qilib umri o`tgan inson edi.
Temur O`zbekistonni, Samarqand shahrini bir ilm markazi qildi. Butun islom olimlarini u erga olib keldi. Uning qabri bugun Samarqandda, oila a`zolari bilan birga yonma-yon joylashgan", – dedi turkiyalik tarixchi olim Ahmat Anapali.