Prezidentga yozmaguncha echilmaydigan o`ta kichik muammolar

24.02.2021 07:20

Yoxud dastlab elektr, suv, gaz tashkilotlariga, Energetika vazirligiga, Prokuraturga, hatto Davlat xizmatlari agentligiga qilingan murojaatlar besamar ketgani, faqatgina Prezidentga yozilgandagina echim topayotgan oddiy muammolar haqida

Bu maqolam “gaz yo`q”, “elektr yo`q” degan mazmunda emas, balki bir emas, bir nechta kichik ijtimoiy muammolar yuzasidan o`z haqqimni talab qilib mamlakat rahbariga qadar murojaat qilganim haqida...

Boshladim...

Elektr...

Toshkent viloyati Zangiota tumani Amir Temur ko`chasi 3 uy 11 xonadonda tuman elektr energiyasi xodimlari 2020 yil 24 avgust kuni mening va biz yashaydigan ko`pqavatli uyning barchasini ogohlantirishsiz va ko`pgina uy egalarining ishtirokisiz ishlab turgan elektr hisoblagichlarini yangisiga almashtirib ketishgan. Dalolatnoma bir tomonlama tuzilgan. Asl uy egalarining hech birining imzosi yo`q. Shu noqonuniy hujjatda plomba raqami ham ataylaganday qo`shni xonadon elektr hisoblagichi bilan almashtirib o`rnatilgan yoki noto`g`ri yozilgan. Eng yomoni, avvalgi hisoblagich ko`rsatkichi 3578 kVt da echilib, korxona elektron bazasiga 6500 kVt dan ortiq qilib ma`lumot kiritilgan. (Bu o`rinda shunchaki adashish mumkin emas negaki uyimiz yangidan qurilgan bo`lib, hatto qo`shnilarimda ham bunday katta elektr sarfini ko`rmadim). Natijada 1 mln. 600 ming so`mdan ortiq sun`iy qarz abonent raqamimga kiritilgan.

Ushbu muammo yuzasidan eng birinchi Hududiy elektr tarmoqlari AJning telegramdagi botiga 2020 yil 28 oktyabr kuni keyinchalik e`tiborsiz va natijasiz qoldirilgan ariza yubordim. Murojaat botda ta`kidlanganidek o`z vaqtida emas, balki umuman bajarilmadi. Qo`limdagi to`lov qog`ozlarimning aniq hisobiga ko`ra o`sha vaqtda va hozirda Zangiota tuman elektr ta`minoti korxonasi mendan 400 kVt atrofida qarzdor (barcha to`lov qog`ozlari mavjud). Energetika vazirligining matbuot xizmati rahbari bilan qilgan suhbatimdan esa mening bu kichik muammom echimsizdek ko`rina boshladi. Hech qanday natijasiz murojaatimlaridan so`ng 2020 yil 10 noyabr kuni o`zgarmagan mavzum va muammom bilan Toshkent viloyati prokuraturasiga navbatdagi besamar murojaatni yo`lladim. Natijasiz...

Taqillatilmagan onlayn eshik faqat bitta qoldi. Prezidentning virtual qabulxonasi. Prezidentga murojaat qildim va bir haftaga qolmay muammo hal bo`ldi.

Suv....

Ko`pqavatli uyimizni ichimlik suvi inspektori 2020 yil 10 oktyabrda kelib xonadonimdagi suv hisoblagichning navbatdagi metrologik ko`rigi vaqti kelganini og`zaki aytdi va to`lov varog`ining orqa tomoniga ruchkada yozib qo`ydi. U o`ziga 150 ming yoki 100 ming so`m bersam o`zi bu ishni amalga oshirishini aytdi. Men esa o`z e`tirozimni bildirib bu ish Davlat xizmatlari agentligi orqali amalga oshirilishini va bu xizmat 40 ming so`mdan sal ortiq qiymatga egaligini tushuntirganimda, ko`ramiz qanday amalga oshirishingizni, deb jilmayib qo`ydi. Keyinroq bildimki u bejizga jilmaymagan ekan...

Shu sanada Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o`tkazish (echish va ulash bilan birga) uchun to`lov orqali ariza qoldirdim. Navbatdagi natijasiz kunlar o`ta boshladi. Oradan bir oyga yaqin muddat muddat o`tib, 2020 yil 5 noyabrda ishonganimiz Davlat xizmatlari agentligi bo`ysunuvchi Adliya vazirligiga, 18 noyabr kuni esa suvsoz korxonasiga ham (javobsiz qolgan) murojaatlarimni yo`lladim. Bari besamar...

Va yana arzimagan kichik muammo (Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o`tkazish) bilan Prezidentga murojaat yo`lladim. Muammo hal...

Gaz...

Tumangaz idorasiga ham yugur – yugurlar uchrab turadi. O`zimdan misol. 2018 yilda hujjatlashtirish uchun pul to`lab bir necha marta u idoraga ham qatnab, bir necha xodimlari bilan uzoq iltimoslar bilan 2020 yilga kelib abonent raqami ochilishiga erishdim...

Ko`rayapsizmi, tizim xodimlarining aslida vazifasi bo`lgan ishlarni paysalga solishini, odamlarni ovvora-yu sarson qilishini... Elektr, suv, gaz, prokuratura, hokimlik tizimida fuqaroning murojaatiga e`tiborsizlikni. Odamlar ko`p narsa talab qilayotgani yo`q, davlat xodimlaridan oddiygina o`z vazifasini sidqidildan bajarishini so`rayapti xalos.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yildan buyon 2020 yil avgust oyiga qadar Prezident nomiga 3,7 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan. Murojaatlarda turmush darajasi, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, sog`liqni saqlash va ta`lim xizmatlari bilan bog`liq ko`plab muammolar aks ettirilgan.

Ko`tarilgan ko`plab masalalar fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, aholining kambag`al va zaif qatlamlariga yordam berish bilan bog`liq bo`lgan. Demak, raqamlar shuni xulosa qiladiki, 4 yil ichida quyi tizimda o`z muammosini hal etolmagan 4 millionga yaqin fuqaro Prezidentgacha murojaat qilishga majbur bo`lgan. Ya`ni, 4 millionga yaqin katta va kichik masalalar Prezident hal etmaguncha joyidan siljimagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
24.02.2021 12:54
Азамат:1. мана журналист экансиз Сизнинг минглаб жўраларингиз бундай нарсаларни ёзмасдан писиб юрибди. Сиздек журналист, Олий маълумотли одам шунча қийналган бўлса, оддий ҳалқни шўрига шўрво тўкилмоқда. Яъни ОАВ етарлича ишламайди, камчиликларни ёритмайди, фақат мақтов.Яхшиям блогерлар бор экан. 2.Автаритар режимдамиз, мана исботи. 3.Коррупция кундан кунга авж олмоқда, уни бошида ўзлари, куёвлари, Ҳукумат, Прокуратура турибди. 4. Хокимларни, Судьяларни сайлашимиз керак, токи улар ҳалқ олдида ҳисобдор бўлсин. Ҳозирча шу.Яна юзлаб масалалар бор, ечимини кутаётган.Аммо юқоридагилар бу масалаларни ечмасликдан манфаатдор. Масалан хокимларни сайлайдиган бўлсае улар Президентга ҳисоб бермасдан ҳалқни ўйлаб иш юритади, бу юқори учун минус.
05.02.2021 21:06
Бу ташкилотла ғирт муттахамла маконию, сўраб нима қиласила хамма биладиган нарсаю бу
04.02.2021 19:58
Гапирса гап куп. Мен билан сув буйича худди юкоридаги холат юз берди. Ойлик етмайди дейди, инспекторлар. Уларга хам кийин.
04.02.2021 16:43
Umuman nol baho beraman
03.02.2021 10:44
М
03.02.2021 08:26
ха бизда факат вертикал тизим ишлайди горизонтал тизим ишламайди.
02.02.2021 21:40
Жудаям ачинарли ҳолат, шармандали одамлар ҳақида жуда яхши кузатув бўпти. Пастки тизимдаги ходимларнинг бепарволиги, масъулиятсизлигига қарши курашиш, оддий одамларнинг дардига куюнчаклик учун раҳмат! Ҳамма шундай эътиборли бўлганда эди...
02.02.2021 21:32
Нега юборганим чикмали
02.02.2021 21:28
Бизни Самарканд вилояти Пастдаргом туманида хам шу ахвол хеч кайси мурожаатиз куриб чикилмайди юз марта бораман хокимга аммо ишларим битмайди хурматли юртбошим Самаркандга келинг одамларни мурожаатини тингланг илтимос нега туманда мурожаатлар хал булмайди сабаби нима