Jahon tajribasida avval ogohlantirish, O`zbekistonda esa jarima...

21.06.2023 18:10

O`zbekistonda Ma`muriy javobgarlik uchun eng engil jazo — JARIMA. Jahon tajribasida esa ogohlantirish.

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida “Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi qonunning mazmun mohiyati va ijrosiga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.

Tadbirda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda eng engil jazo choralari sifatida JARIMA ko`rsatilgan. Boshqa davlatlar qonunchiligiga qaraydigan bo`lsak, birinchi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ogohlantirish berilib, bazaga kiritib qo`yiladi. Qachonki, ikkinchi bor huquqbuzarlik sodir etilgandagina, jarima qo`llaniladi. Bizda ham avval ogohlantirish, qaytalansa jarima qo`llasa bo`lmaydimi?

Rost24.uz muxbirining ushbu mazmundagi savoliga Milliy gvardiya Markaziy devoni katta surishtiruvchisi, adliya polkovnigi Ulug`bek Zaitov quyidagicha javob berdi:

Ulug`bek Zaitov 
Milliy gvardiya Markaziy devoni katta surishtiruvchisi, adliya polkovnigi

— Agar  ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan holatda, albatta har doim ogohlantirib, har xil fuqarolarning oldida norozilik keltirib chiqarmaslik uchun tushuntiriladi. Lekin ma`muriy huquqbuzar bevosita Milliy gvardiya xodimlarining talablarini bajarmagandan keyin albatta qonuniy chora ko`riladi».

Milliy gvardiya mutasaddisi nazarda tutgan jarayon aslida qonun bo`yicha ogohlantirish emas, balki tushuntirish-targ`ibot ishlari hisoblanadi.

Milliy gvardiya markaziy devoni ofiseri, mayor  Aziz Azimov javobga qo`shimcha tarzda haqiqatda qonunda ogohlantirish amaliyoti yo`qligini tan olib, O`zbekiston qonunchiligini ham jahon tajribasiga moslashtirib borish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma`lum qildi:

Aziz Azimov
Milliy gvardiya markaziy devoni ofiseri, mayor

— Har bitta ma`muriy javobgarlik kodeksi bo`ladimi yoki boshqa normativ huquqiy hujjat bo`ladimi unga kiritiladigan o`zgartirish tegishli organlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslangan va xorij tajribasiga mos deb topilgan tarzdagina ko`rib chiqiladi va vakolatli organlar tomonidan qonunni qabul qilish jarayonlari bor, undan o`tgach  bu o`zgartirishni kiritish mumkin», — dedi A. Azimov

Ma`lumot uchun, Ma`muriy javobgarlik kodeksida belgilangan jarima va boshqa amaliyotlarni qo`llash vakolati IIVda mavjud edi. Yangi qonunga ko`ra, endi Milliy gvardiya ham jarima solish vakolatiga ega bo`ldi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар