Suv tanqis joylarda ichimlik suvi bilan ekinlarni sug`organ fermerlar jarima to`laydimi?

06.06.2023 23:31

Er osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish to`g`risidagi Prezident qarori (PQ-439-son, 07.12.2022) ijrosi bo`yicha matbuot anjumani o`tkazildi. 

Ushbu qaror doirasida "er osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suvni hisobga olish vositalarisiz suv olinganida soliq to`lovini belgilangan soliq stavkasining besh barobari miqdorida  soliq undirish" haqida aytib o`tilgan. Shunda oqava suvlari bormagan joylarda ko`p suv talab qiladigan ekinlarni ekadigan fermerlar er osti suvlaridan foydalansa 5 barobar soliq to`laydimi? Bunday holatda fermerning foydasi zararga aylanmaydimi?

Bundan tashqari, qarorda ichimlik suvi etib bormagan hududlarga ichimlik suvi etkazib berish to`g`risida aytilmagan.  Matbuot anjumani davomida ham bu holat haqida hech narsa deyilmadi. Bu borada ham qandaydir ishlar rejada bormi?

Rost24.uz muxbirining yuqoridagi mazmundagi savollariga "O`zbekgidrogeologiya" DUK Davlat geologiya monitoring xizmati boshlig`i Rasuljon Begmatov javob berdi:

Rasuljon Begmatov
"O`zbekgidrogeologiya" DUK Davlat geologiya monitoring xizmati boshlig`i

 — Ichimlik suvi ta`minoti masalasi uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi hamda O`zsuvta`minot korxonasiga tegishli masala. Agar ular davlat dasturlari doirasida ko`tarilgan masalalarni ko`rib dasturga kiritgan bo`lsa, unda bizga buyurtma bo`ladi. Davlat dasturi doirasida bo`lgan texnik topshiriqlardan so`ng biz tomondan o`sha hududda gidrogeologik tadqiqotlar o`tkaziladi. Hududlarda mavjud iste`molga yaroqli erosti suvlari O`zsuvta`minot korxonasiga taqdim etiladi. Shundan so`ng o`sha manba asosida suv tarmoqlarini tashkil etib, aholini suv bilan ta`minlab boradi. Bu davlat dasturlari bilan bog`liq.

Shuningdek, soliq stavkasi bo`yicha fermerlar yoki boshqa suvdan foydalanuvchilar suvni agar limitdan ortiq olgan bo`lsa yoki ruxsatsiz olgan bo`lsa, soliq kodeksida ham belgilab qo`yilgan. Lekin bu erda suv hisoblash vositasi o`rnatilmagan bo`lsa,  deyilmoqda. Foydalanuvchi olinayotgan suv limitini ham belgilab olishi kerak. Limit doirasida bo`lsa soliq kodeksi bilan belgilangan stavkalarda soliqni to`lashi mumkin. Lekin u qonunni buzsa, soliq stavkasining 5 barobarida jarima to`lashga majbur bo`ladi. Bu qonun bilan nazarda tutilgan jarayon.

Jismoniy shaxslarga 25 metrgacha quduqlarda burg`ilashga ruxsatnoma olinmaydi. Jismoniy shaxslar uchun sutkasiga 5 kub metrdan ortiq bo`lmagan o`z ehtiyoji uchun foydalanilsa unga ruxsatnoma ham, soliq ham bo`lmaydi. Bu erda agar ichimlikka yaroqli suvlar etarli bo`lib, mahalliy ehtiyojdan ortiqcha bo`ladigan bo`lsa, geologiya va ekologiyani ruxsati bilan boshqa maqsadda foydalanish mumkin deb qo`yilgan. Odatda yo`l qo`yilmasligi belgilangan”, — deya javob berdi R.Begmatov.

Ma`lumot uchun,  bugungi kunda ichimlik suvi miqdorining 67 foizi er osti suvlari hisobidan amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda esa er osti suvlaridan ham ichimlik suvi ham ekinlarni sug`orish maqsadida foydalanish birmuncha ko`paygan. Bu esa ichimlik suvga bo`lgan ehtiyojning yildan yilga oshishi va ichishga yaroqli suvlarning tanqisligiga olib kelishi mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар