So`nggi yillarda O`zbekistonda korrupsiya holatlari ko`paydimi yoki kamaydimi? Qaysi sohada korrupsiya ko`proq? Rost24.uz muxbiri ushbu savollar bilan jamoatchilikka murojaat qildi.
Mamlakatimizda korrupsiya holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillariga chek qo`yishga qaratilgan harakatlar bo`lmoqda. Xo`sh, bu harakatlar qanchalik darajada samara beryapti? Qaysi sohalarda korrupsiya holatlari ko`proq uchraydi? Shu savollar bilan fuqarolarga yuzlandik.
Savolimizga javob qaytargan ko`pchilik aholining fikri bir-biriga o`xshash:
— Ko`proq davlat ishida ishlaydigan, masalan hokimiyat bo`lishi mumkin.
— Organlarda bo`lsa kerak.
— Gapirib bo`lmaydi-ku aka, bunaqa sohada.
— Hamma sohada bor. Korrupsiya bo`lmasa hozir hayot bo`lmaydi-ku.
— Korrupsiya ta`lim sohasida ko`proq.
— Energetika sohasida.
— Hozir ko`proq sport sohasida, ya`ni futbol sohasida korrupsiya bor deb o`ylayman, endi islohatlar bo`lyapti, Xudo xohlasa...
— Ko`proq shu ishga kirish, shunga o`xshash holatlarda.
— Doktorlarda.
— O`zbekistonda ko`p sohada bunga guvoh bo`lyapmiz. Ayniqsa oliy ta`limda. Hatto maktabgacha ta`limda ham bu narsalarni guvohi bo`lib kelyapmiz. Masalan, nima uchun oliy ta`limda o`qishni tugatadi-yu, O`zbekistonda yaxshi ishga joylashmasdan, yaxshi hayot izlab boshqa joyga ketadi? Buniyam tag zamirida aslida korrupsiya yotadi. Mening fikrim shu. Bugungi kunda korrupsiya barcha sohani qamrab olyapti. Keyin, korrupsiyaga yo`l qo`ygan, korrupsiyaga sababchi bo`lgan jamiyat qatlaminiyam yaxshigina jazolash kerak. Nimaga Xitoy bugungi kunda juda yaxshi rivojlanyapti? Sababi Xitoyda korrupsionerlarning qo`li chopiladi. Bizda esa yo`q.
— Davlatimizdan shuni o`tinib so`rardikki, korrupsiyaga qarshi keskin kurashish kerak. Mana shu keskinlik yo`q bizning davlatimizda.
— Men oddiy sartaroshman. Bizda, sartaroshxonada korrupsiya yo`q. Shuning uchun bilmayman.
— Organ sohasida. Hamma sohada korrupsiya.
— Hozirda menimcha qurilishda korrupsiya ko`proq bo`lsa kerak.
— Hamma sohada. Qaerga borsangiz hammayoq korrupsiya.
— Korrupsiyami? Doktorlarda bor.
— Yo`q, aytolmayman.
— Qaysi sohada? Sudya, prokuror, soliq. To`liq hamma joyda korrupsiya, qaysi kabinetga kirsangiz o`sha joyda korrupsiya, porasiz ish bitmaydi. O`zbekiston-ku!
— Ko`proq tergovda. Qiyin. Juda qiyin. Haqiqat yo`q. Haqiqat yo`q.
— Er sotish, hokimiyat bilan bog`liq sohalarning hammasida korrupsiya. Shu sohalarda. Qaerda pul o`ynaydigan bo`lsa, o`sha erda korrupsiya.
— Bilmasam. Hamma sohada.
— Qaysi oyligi ko`proq sohalarga ishga kirmoqchi bo`lsangiz, o`sha erda korrupsiya ko`proq uchraydi.
— Tibbiyotda bo`lishi kerak. Pul bersangiz qaraydi, pul bermasangiz qaramaydi.
— Yo`q shekilli hozir, korrupsiya.
— Vazirliklarda eng ko`p. Eng katta joyda.
— Pul berishadi, keyin ular jazosiz qoladi. Shuning uchun hamma shunday ishlaydi.
— “Medisina” sohasida.
— Korrupsiya menimcha yo`q bizda.
— Bilmadim, men lekin hech kimga hech qachon pul bermayman.
— Menimcha tibbiyot sohasida.
— Bittasini aytolmayman, hamma sohada bor.
— Ishga kirishda bo`lsa kerak.
Yildan yilga korrupsiya holatlari ko`paymoqdami yoki kamaymoqdami? Ushbu savolga yurtdoshlarimizning deyarli hammasi korrupsiya yidan yilga oshib borayotganini ta`kidlashdi.
— Menimcha hech qanaqa o`zgarish bo`lmayapti.
— Bolalab ketyapti-ku bu.
— Endi hali kamayganini bilmayapmiz.
— Ko`paysa ko`payyapti, ozayayotgani yo`q.