O`zbekiston aholisining kitobxonlik darajasiga hech qiziqib ko`rganmiz? Ular ko`proq qaysi mualliflarning kitoblarini o`qiydi? Qaysi kitoblar ko`proq nashr qilindi?
Worldometer sayti ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil 16 mart 18:33 holatiga ko`ra, 568,001 ta kitob nashr etilgan. Bu statistika daqiqa sayin ko`payib boradi.
Rost24.uz Toshkentning Chilonzor tumani, «Chorsu» bozori hamda Talabalar shaharchasida bo`lib, aholiga «Kitob o`qiysizmi?», «Qaysi mualliflarning kitoblarini o`qiysiz?» hamda «Oxirgi o`qigan kitobingiz qaysi?» kabi savollarni berdi.
Aholining javoblari esa turlicha bo`ldi;
- Kitob o`qiyman, faqat naushnikda;
- Yo`q, o`qimayman;
- Endi boshlayman;
- Ilmiy yo`nalishda o`qiyman, badiiy kitob emas;
- Ancha bo`ldi kitob o`qimaganimga;
- Kitobdan uzoqman;
Kitob o`quvchi aholi ham bor, ular jahon adabiyotidan Fyodor Dostoevskiy, Lev Tolstoy, o`zbek adabiyotidan O`tkir Hoshimov, Cho`lpon, Tohir Malik, Abu lays Samarqandiy, shuningdek turk adabiyotidan Ahmad Lutfiy Qozonchi, Amina Shenliko`g`lu kabi yozuvchilarning asarlarini ko`proq o`qiyapti.
Ammo bugun turk adabiyotiga talab yuqori, talabga yarasha taklif bo`ladi deganidek, O`zbekistondagi bir qator nashriyotlarda ham turk adabiyotlari ko`proq sotilgan. Misol uchun o`tgan yilda “Factorbooks” nashriyoti tomonidan Mirach Chag`ri Oqtoshning «Hayot yutqazgan joyingdan boshlanadi» kitobi, “Ibook” kitob do`konida fevral oyining oxirgi haftasida esa Nuriya Cheleenning «Qalb iffati», Bahodir Yangishaharlikog`luning «Hanna» kitoblari sotilgan.
Shuningdek, diniy «Hilol-nashr» nashriyotida esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Baxtiyor oila», «Iymon», «Mo`minning me`roji» kitoblari xaridorgir bo`lgan.
Batafsil videoda ko`ring: