Tanishtiruv: 3 ta vazirlik 2 taga aylantirildi, rahbariyatchi?

01.03.2023 22:24

Rost24 vazirliklar bilan tanishtirishda davom etadi.

Sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilgani haqida xabardorsiz. Ular o`rnida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etildi.

Nafaqat ikki vazirlik balki, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi kabi mamlakatning eng muhim tashkilotlari o`tgan eng katta vazirlik rahbarlari bilan tanishtirib o`tamiz. 

 Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida endi kimlar ishlaydi? Bir so`z bilan aytganda mamlakatning asosiy iqtisodiy o`zani kimlar qo`liga o`tdi? 


Iqtisodiyot va moliya vaziri – Qudbiev Sherzod Davlatovich


Qudbiev Sherzod Davlatovich tez-tez muhokamalar markaziga tushib qoladigan hukumat vakili. Asli Farg`onalik 42 yoshli Sherzod Qudbiev Davlat soliq qo`mitasiga raislik qilgan vaqtida jurnalistni «yosh qizcha» deb atab, xalq nomidan savol bermaslikka chaqirgani bilan yodda qolgan. Shuningdek, sobiq deputat Rasul Kusherbaev bilan ham sud orqali «hisob-kitob»qilmoqchi bo`lgani shov-shuvlarga sabab bo`lgan edi. Faoliyati davomida juda tez ko`tarilgan yoshlardan 2016-2018 yillar Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumani hokimi bo`lgan. 2018 yilda hokimlikdan bira to`la Mehnat vaziriga aylandi. 2019 yilda prezident maslahatchisi, 2020-2022 yillarda Davlat soliq qo`mitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

***

Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o`rinbosari - Ilxom Ibroximovich Norkulov

 


U 1981 yil Buxoroda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini Markaziy bankda boshlab, turli lavozimlarda ishlaydi. 2020 yilning mart oyida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziriga birinchi o`rinbosar etib tayinlangan. Vazirlik tugatilgach, yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va moliya vaziriga birinchi o`rinbosar sifatida faoliyat olib bormoqda.

****

Iqtisodiyot va moliya vazirining o`rinbosari - Erkin Erkamovich Rustamov


U tayinlovga qadar, ya`ni 2022 yilning sentyabr oyidan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining birinchi o`rinbosari bo`lib ishlagan. Ungacha esa Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o`zgartirishlar, bank-moliya tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi o`rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.

***

Iqtisodiyot va moliya vazirining o`rinbosari - Adiz Muzafarovich Boboev


Adiz Boboev 1972 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug`ilgan. Moliya vazirligi tasarrufidagi boshqarmalarda turli lavozimlarda ko`p yillar ishlagan. Tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziriga o`rinbosar bo`lgan.

***

Iqtisodiyot va moliya vazirining o`rinbosari - Anvar Rasulovich Karimov


U hokim o`rinbosarligidan vazir o`rinbosarligiga o`tkazildi. Ya`ni tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o`rinbosari bo`lib ishlagan. Mehnat faoliyati davomida Moliya vaziri o`rinbosari, Iqtisodiyot va sanoat vaziri o`rinbosari sifatida ham ishlagan. Ma`lumot uchun 1977 yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug`ilgan.

***

Iqtisodiyot va moliya vazirining o`rinbosari - Dilshod Shuxratovich Sultanov


Sultonov Dilshod Shuxratovich 1980 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2018 yildan buyon Moliya vaziri o`rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. Avvalroq u Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig`i, G`aznachilik boshqarmasi boshlig`i kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

***

Iqtisodiyot va moliya vazirining o`rinbosari - Gulnora Xashimovna Raximova


Gulnora Rahimova 1975 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. O`z ish faoliyatini 1995 yil O`zbekiston Milliy univarsitetida 1 toifali muhandis sifatida boshlab, 2002-2014 yillar davomida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida katta o`qituvchi va katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. U tayinlovga qadar, ya`ni 2021 yilning iyulidan Moliya vazirining o`rinbosari bo`lib ishlagan. Unga qadar Moliya vazirligi G`aznachilik boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari — Davlat xaridlari departamenti direktori lavozimida ishlagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар