O`nlab yillardan buyon yuqori minbarlardan turib O`zbekistonda demokratik islohotlar olib borilayotgani haqida ma`ruzalar qilinadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 1 - moddasi «O`zbekiston - suveren demokratik davlat», degan jumla bilan boshlanadi. Ta`lim muassasalarida demokratiya haqida bir emas, bir nechta fanlarda ma`lumotlar beriladi. Ammo, negadir «Demokratiya» so`zi ko`pchilik uchun begonadek.
Bu so`zni xalq orasida qanday tushunishmoqda? O`zbekistonliklar uchun demokratiya nima? Rost24 muxbiri shu mazmundagi savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandi.
“Demokratiya siz uchun nima?”, deb so`ralganda: «Siyosiy so`z», «Erkin so`zlash», «Tinchligimiz, Yangi O`zbekiston», - degan javoblar bo`ldi. Ko`pchilik esa bilmasligini qayd etdi. So`rovnoma ishtirokchilari orasida O`zbekistonda demokratiya kamligini ta`kidlaganlar ham bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, Demokratiya so`ziga lug`aviy izoh berilsa, yunonchadan «xalq hokimiyati», deya tarjima qilinadi. Shundan kelib chiqilsa xalq boshqaruvidagi davlatlarga nisbatan «demokratik» termini qo`llaniladi.
Ma`lumot uchun: Britaniyaning The Economist Intelligance Unit tadqiqot tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan Democracy Index 2022 reytingida O`zbekiston 167 mamlakat ichida 149-o`rinni egalladi. 2021 yilda bu mamlakat reytingda 150-pog`onani egallab turgandi.
Reyting tashkilotchilari O`zbekistondagi demokratiya bilan bog`liq vaziyatni 2,12 ballga baholab, mamlakatni «avtoritar rejim»ga ega davlatlar guruhiga kiritgan.
Demokratiya besh toifada baholandi:
O`zbekistonda avvalgi ikki yilda ham xuddi shunday ko`rsatkichlar qayd etilgandi.