Yana Ortiqxo`jaev... Toshkentdagi 21 million dollarlik zargarlik zavodi haqida

25.01.2021 10:46

Markaziy Osiyodagi eng yirik zargarlik korxonasi sifatida qaralayotgan “Gold Moon Tashkent” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga Toshkent shahar hokimligi egalik qilmoqda.

Davlat rahbarining 2019 yil 18 maydagi «O`zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog`ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni e`lon qilingach, hokimiyat zargarlik bilan shug`ullanishni o`z zimmasiga olgan ko`rinadi. Yurtimizda zargarlikning o`ziga xos yo`nalishlari, zargarlar oilalari, avlodlari shakllanib kelgan bir vaqtda zargarlik korxonasini xususiylashtirishga ishonilmagani tabiiydek, go`yo.

Ortiqcha shubhalarga o`rin yo`q. Biroq, ba`zi kamchiliklar Toshkent shahar hokimiyatining bu egaligiga soya solishi xunuk. Byudjet tashkiloti bo`lgan Toshkent shahar hokimiyatining zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan qo`shimcha daromad qilishi O`zbekiston qonunchiligiga zid.

Agar, qonunchilikka o`zgarish kiritish yoki qo`shimcha farmon bilan Toshkent shahar hokimligining ushbu faoliyatiga izn berilsa bu boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.

Xususan:

Davlat tomonidan yirik mablag` (21 million AQSh dollari) bilan moliyalashtirilgan “Gold Moon Tashkent” MChJ korxonasi osongina mayda va yirik zargarlarga zarba berishi mumkin. Davlatning birgina tadbirkorlik sub`ektini alohida moliyalashtirishi qonunchilikka to`g`ri kelmaydi. Davlatning vazifasi barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyat yaratish. Davlat tomonidan birgina “Gold Moon Tashkent” MChJni moliyalashtirilishi sog`lom raqobatni sindiradi. Ushbu korxonaning viloyatlarda ham filiallari ochilsa, nafaqat Toshkent, balki viloyatlardagi zargarlar ham raqobatda yo`q bo`lib ketishi mumkin.

Mazkur korxona 2017 yili Prezident imzolagan hujjat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlariga asosan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat mulki ob`ektlaridan biri sifatida ko`rsatilgan edi. Demak, korxona maxfiy strategik ob`ekt emas. Agar, shunday bo`lsa uni xususiylashtirish haqida qarorlar chiqarilmas edi.

Zargarlik bilan to`qilgan ssenariy "Fonon" zavodi va uning zamirida ochilgan “Gold Moon Tashkent” MChJning tashkil topish ildizlari detektiv kino ssenariylarini eslatib yuboradi.

Toshkent shahar hokimiyatga tegishli bo`lgan “Gold Moon Tashkent” MChJ korxonasi "Fonon" brendi ostida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishi aytilmoqda. Intellektual mulk qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, "Fonon" brendi Technology Development kompaniyasiga tegishli va uning 100 foiz ta`sischisi Dilmurod Rasulov. Ochiq ma`lumotlar bazasiga ko`ra, "Fonon" zavodi 100 foiz davlatga tegishli bo`lgan ommaviy mulk shakliga kiradi. Ammo ushbu brend nomi yuqorida aytilganidek, Technology Development kompaniyasining mulki. Shunda 100 foiz davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan korxona foydasi "Fonon" brendi egasi Dilmurod Rasulov cho`ntagiga ham boradimi? Dilmurod Rasulov kompaniyasining elektron manzili esa negadir artelgroup domenida joylashgani yana nimalargadir ishora qilmayaptimi?..

Evropada barcha soliqlar, daromadlar Rimga eltgani uchun barcha yo`llar Rimga eltadi, degan ibora paydo bo`lgandi.

Toshkentda barcha daromadlar kechirasiz, yo`llar Artelgroupga eltayotgandek...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.01.2021 10:47
Technology Development бошка одамга тегишли эмасмиди
26.01.2021 08:13
Узбекистонни ютиб юборинг .......
26.01.2021 02:13
Яхши иш бупти лекин
25.01.2021 22:06
Кани Хакикат ?
25.01.2021 21:28
Карупцияни пастда болалар богчаси, мактаблардан топмоқчи. Узлари тошини ХАЛҚГА воҳима қилиб курсатаяптилар. Коррупция органларни ӯз кучини юқори табақадаги амалдроларга қаратса, давлаташ анча маблағ тушарди. Ҳозирги раҳбарларга ишонч йуқ. Янги виждонли раҳбарлар келса республика тепасига. Буларни кирдикорлари очилади. Интерполни қидирқидирув рахматига буладилар. Аммо афсуски кеч булади.
25.01.2021 18:21
Omadini bersin
25.01.2021 17:54
Шунча пайтдан бери хеч кимга кере бумаган жой эди!!! Ишга туширилиб, одамлар ишли булиб когандан кейин кимга нима ахамияти бор? кимга тегишлилиги??? Кулидан кеганники.
25.01.2021 17:05
Albattta yaqinda Toshkentga kirish pullik bo'ladi!
25.01.2021 16:41
Тошкент шаҳар ҳокими Тошкент шаҳри учун анча ишларни қилмоқда, бу ҳолатни тан оламиз. Аммо Ж. Ортиқхўжаев Хоеим шаҳар ҳалқи олдида ўз маъсуляти билан бир вақтда, шаҳарликларни борлигини, шаҳар бюджетини шакллантираётганлар, шаҳарликлар эканлигини эсдан чиқариб қўйди шекилли. Жаноб Хоким ҳаммамиз бу Дунёга бир марта келамиз, ва у Дунёга ҳеч нарса олиб кета олмайсиз. Ўн бармоғингизни икки қўлизни оғзингизга тиқманг, оғзингиз йиртилиб кетади. Шундай кругооборот бўлиб, қолган умрингизни қамоқда ҳам ўтказишингиз мумкин. Президентнинг катта ишончини паймол қилманг.
25.01.2021 16:41
Тошкент шаҳар ҳокими Тошкент шаҳри учун анча ишларни қилмоқда, бу ҳолатни тан оламиз. Аммо Ж. Ортиқхўжаев Хоеим шаҳар ҳалқи олдида ўз маъсуляти билан бир вақтда, шаҳарликларни борлигини, шаҳар бюджетини шакллантираётганлар, шаҳарликлар эканлигини эсдан чиқариб қўйди шекилли. Жаноб Хоким ҳаммамиз бу Дунёга бир марта келамиз, ва у Дунёга ҳеч нарса олиб кета олмайсиз. Ўн бармоғингизни икки қўлизни оғзингизга тиқманг, оғзингиз йиртилиб кетади. Шундай кругооборот бўлиб, қолган умрингизни қамоқда ҳам ўтказишингиз мумкин. Президентнинг катта ишончини паймол қилманг.