IESdagi 7-yong`inda 3 o`lim sodir bo`ldi. Ayni paytda stansiya shubhali investr qo`lida...

23.01.2021 08:51

Energetika vazirligi insonlar hayotiga achinmaydi?

«Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasida (IES) joriy yil 20 yanvar kuni portlash sodir bo`ldi. Achinarlisi, bu stansiyada sodir bo`lgan ilk portlash emas edi. Stansiya mutasaddilarining aytishicha, u erda shu vaqtgacha ettinchi marotaba yong`in kuzatilmoqda. Ya`ni, 4 marotaba yong`in kuzatilgan va ikki marotaba o`t chiqishi oqibatida portlash sodir bo`lgan. Bu safargi portlash qurbonlarsiz bo`lmadi. 3 kishi vafot etgan hamda 3 kishi turli darajada jarohat olgan.

«Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasi 2019 yilda «Central Asia Energy» boshqaruviga o`tgan. «Central Asia Energy» halok bo`lgan ishchilarning oilalariga 100 million so`mdan kompensasiya to`lab berdi.

7 marta yong`in bo`lgan stansiya ishonchli qo`ldami yoki shubhali qo`lda?

Stansiyada bu ilk yong`in emasligini hisobga olsak, «Central Asia Energy» falokat bo`lishi oydinligini bila turib, yong`in keltirib chiqaruvchi omillarni nega avvaldan yo`qotmagani kishini o`ylantiradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Yangi Angren»  IES korxonasini “Central Asia Energy” kompaniyasining 100 foizli ta`sischisi bo`lgan Qozog`istonning «Gornie raboti» kichik kompaniyasiga, ishonchli qo`llarga topshirganini ma`lum qilgan edi. Respublikamizning etakchi nashrlaridan bo`lgan “Xalq so`zi” nashrining 2020.06.19 sanasida yozishicha, «Yangi Angren»  IES korxonasi qozog`istonlik ishonchli qo`llarga topshirilgani aytilgan. Korxona ishonchli qo`llarda ekaniga 7 marotaba sodir bo`lgan yong`indan keyin yanada ishonchimiz ortib bormoqda. 

Nashr ishonchli qo`llar, deya aytayotgan «Gornie raboti» kichik kompaniyasi uzoq tarixda emas, ochiq manbalarda kompaniya 22.01.2018 sanasida ro`yxatdan o`tgani va 5 nafar xodimga egaligi keltirilgan. Kompaniyaning ayrim ta`sischilari nomi, aloqa raqamlari berkitilgan. Kompaniya ofisi Nur-Sultondagi savdo markazida joylashgan. 

Muammolar sekin-sekin bartaraf etilguncha, ”bor yo`g`i” 7 marta yong`in sodir bo`ldi

«Gornie raboti»ga tegishli bo`lgan  «Yangi Angren» stansiyasi mutasaddisining TVga bergan intervyusiga ko`ra, korxona ma`nan eskirgan. Yong`in keltirib chiqargan omillardan yana biri ishlatilayotgan ko`mir sifati bilan bog`liq. Stansiya Qozog`iston ko`mirini ishlatadi, chunki bu ko`mirning issiqlik berish darajasi yuqori. Biroq, yuqori miqdorda chang chiqarishi tufayli yong`inga olib kelishi mumkin. Ushbu sabablarni keltirgan xodim bu muammolarni sekin-sekin bartaraf qilinishini aytmoqda.

Ayni damda stansiyada 1700 ishchi mehnat qiladi. 1700 kishi faoliyat yuritayotganda, 7 marta yong`in bo`lgach, muammmolarni sekin-sekin bartaraf etamiz, deyish insofdanmi? Sekin-sekin bartaraf etilguncha, ”bor yo`g`i” 7 marta yong`in sodir bo`ldimi?..

6 marotaba yong`in bo`lsa-da, nega ish beruvchi xavfsizlikka ma`suliyatsizlik bilan yondoshib keldi? O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 211-moddasiga ko`ra, “Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo`lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi”

Nima uchun, stansiya qonun talablarini bajarmagan? Ishchilar hayoti «Central Asia Energy» uchun 100 million so`m bilangina baholanadimi? Agar, korxona yana o`sha manan eskirgan holatda, o`sha ortiqcha darajada chang chiqaruvchi ko`mirlarni ishlataversa yana qancha umrlarga zomin bo`lish mumkin?  Energetika vazirligi vaziyatni chetda jim kuzatib boraveradimi? 1700 nafar ishchi maoshidan kasaba uyushmasi uchun ham to`lov qiladi. 6 marotaba yong`in sodir bo`lgan-da ham, maoshdan to`lov ajratmalarini olishga “uyalmagan” kasaba uyushmalari nega ishchilar muhofazasi haqida qayg`urmagan? Yoki kasaba uyushmalari maoshdan ajratiladigan to`lov olishdan boshqa ishga yaramaydimi?..

Bu ochiq qolgan savollarga Energetika vazirligi va tegishli kasaba uyushmasi javob berishini kutamiz. Vaziyatni oddiy yong`in, navbatdagi yangilik sifatida yoritib, o`tib ketishdan  yiroqmiz. Bu mavzuga yana qaytamiz. Toki, stansiyalarda odamlarning halok bo`lishi oddiy holatga aylanib ulgirmasin.

Anora SODIQOVA, jurnalist

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.01.2021 22:16
Ишончли бошкарув келгандан кейин хеч канака узгариш булмади. Буни факат ИЭС да ишлайдиганлар билади . Буларди хам текширадиганлар хам борми 1 йил ичида килган ишларини ишчилар ва узбек халки олдида жавоб берсин. Курук тепадагиларга когозда узларини мактаб булмаган ишларни килдик деб узларини курсатмасин.
25.01.2021 22:15
Ишончли бошкарув келгандан кейин хеч канака узгариш булмади. Буни факат ИЭС да ишлайдиганлар билади . Буларди хам текширадиганлар хам борми 1 йил ичида килган ишларини ишчилар ва узбек халки олдида жавоб берсин. Курук тепадагиларга когозда узларини мактаб булмаган ишларни килдик деб узларини курсатмасин.
23.01.2021 20:18
Компания таьсисчиси узимизни акалардан булиши хам мумкинми?
23.01.2021 20:02
Yangi Angren IESida ishchilar xavfsizligi ikkinchi darajada.Birinchi darajada soqqa qilish,investorlarga yaltoqlanish.Bu ishni ham o'zini osgan raxbarga yuklatiladi va ish yopiladi.Gap kelganda aytish kerak moddiy yordam kerak bo'lganda ariza yozgan ishchilarga yordam pullari berilmaydi ko'pxollarda.Lekin o'zlari yigirma millionlab olisharkan.Vaholanki bir oylik maoshi shuncha o'sha maddoxlarni.Oddiy ishchilarni o'rtacha maoshi bir million sakkiz yuz ming.SHu qozoqlar keldi ishchilar maoshi tushdi raxbarlarniki ko'tarildi.Xullas bizda raxbarlar uchun faqat SOQQA QIL SOQQANI.