Endilikda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo`yib beriladi. Ushbu loyiha Madaniyat va Maktabgacha ta`lim vazirligi o`rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Madaniyat vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to`plam yaratgan.
Vazirlik matbuot xizmatining rost24.uz sayti muxbiriga xabar berishicha, bolalarni muntazam maqom kuylari bilan bahramand etish rejalashtirilgan. Bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me`yor asosida maqom kuylari qo`yib beriladi.