“Dok-1 Maks” preparatidan dekabr oyida 20 nafar bola vafot etdi va bu ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo`ldi.
Keyinchalik esa "Quramax" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dorilar sotuvdan olindi. Bu dori davlat ro`yxatidan o`tkazilgan. Davlat ro`yxatidan o`tgan deyishimizga sabab hali hech qaerda ushbu dorining kontrafakt ekanligi aytilmadi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu preparat qo`shni Qozog`istonda ro`yxatdan o`tmagan, lekin nima uchun zararli bo`lsa-da bizda ro`yxatdan o`tkazilgan?
Shuningdek, ushbu doridan vafot etgan bemorlarning oilasiga kompensasiya to`lab beriladimi?
Bundan tashqari anomol sovuq sharoitida shamollash holatlari ko`p kuzatilmoqda va bu holatlar ichida koronavirus holatlari ham bor. Tez tibbiy yordamda koronavirus testi bo`lishi kerakmi?
Ushbu holatlar yuzasidan Rost24.uz muxbiri Sog`liqli saqlash mas`ullaridan javob oldi.
Dastlab, Sog`liqni saqlash vazirligining Dori vostalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish, muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i Hilola G`anieva “Dok-1 Maks" preparati O`zbekistonga dastlab 10 yil oldin 2012 yilda ro`yxatdan o`tgan. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko`ra, dori vositalari har 5 yilda qaytadan ro`yxatdan o`tkaziladi. Shu yillar davomida farmasevtikada bo`lgan va ishlatilib kelingan va ularni qayd qilish jarayonida hech qanday mavhum joylari aniqlanmagan va oxirgi tekshiruvlarda tarkibidagi aslida bo`lishi kerak bo`lmagan moddalar aniqlangan. Bularni kelib chiqishi aniq bo`lgandan keyin biz aniq xulosa beramiz. Bularning barchasi kimyoviy tahlillarga bog`liq”,- deya javob berdi.
Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova esa kompensasiya holati bo`yicha “Dok-1 Maks” preparatini shifokor yozib berganligi isbotlansa, shuningdek, kompensasiya bo`yicha ham har bir holati o`rganilishini, agar har bir holat isbotlansa, hech qanday e`tirozsiz ularga kompensasiya to`lab berilishini aytib o`tdi.
Tez tibbiy yordamda koronavirus testi bo`lishi kerakmi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi direktori o`rinbosari Nurmat Otabekov “Koronavirusga to`g`ri tashxis qo`yish uchun PCR testi bo`lishi kerak. Buning uchun PCR apparati kerak. Bundan tashqari, ekspress usuli ham mavjud. Bu usulni tez yordam tizimiga kasallik ayniqsa avj olgan paytda, kasallikka chalingalarni ertaroq alohidalash maqsadida amaliyotga tatbiq etganmiz. Ekspress usul bilan tekshirish mavjud bunda biz nafaqat virusni balki o`sha virusga xos bo`lgan ba`zi bir antgenlarni tekshirish usuli shu nuqtayi nazardan bu amaliyot hozir tez tibbiy yordamlarda bor. Biz bunga yana aniqlik kiritamiz. Qachonki, testlarni ishlatmaslik yoki yaqin shifoxonada tekshirtirib keyin murojaat qilin deyilgan bo`lsa bunga aniqlik kiritishga harakat qilamiz”- deb javob berdi.
Shuningdek, jurnalistlar savol bermaguncha “Dok-1 Maks" preparati, uning oqibatlari va hozirgi tekshiruvlar haqida bir og`iz gapirilmadi.