Hayfsan O`zbekistondagi eng yirik amaldorlarga qanchalik jiddiy ta`sir qiladi?

21.12.2022 09:54

“Endi qaysi vazir ishini eplay olmasa isteʼfoga chiqadi”, dedi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni oʻz murojaatnomasida.

“Vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi”, “Vazirligimizda oʻgʻirlik boʻlyapti, men ishdan ketaman”, deb hozirgacha bironta vazir javob bermagan - bu soʻzlar ham uning nutqidan oʻrin oldi. Demak, bundan buyon amaldorlarga qoʻllaniladigan jazo keskinlashadimi?

Koʻp hollarda biron muammoni yecholmagan, oʻz ishiga yuzaki qaragan, xalq oldidagi majburiyatlarni pisand qilmagan amaldorlarga hayfsan yoki ogohlantirish berilgani maʼlum qilinadi.

Soʻnggi kunlarning eng muhim muammosi - energiya tizimidagi yetishmovchiliklarni yechimini berolmaganlar ham xuddi shu jazo bilan ogohlantirildi.

Hududlarda energiya taʼminoti boʻyicha odamlar qiyinchilikda qolmoqda, kasalxona va maktablar sovuqligi aytilmoqda. Ana shu muammoga aloqador boʻlgan amaldorlar esa hayfsan bilan jazolangan. Hayfsan Oʻzbekistondagi eng yirik amaldorlarga qanchalik jiddiy taʼsir qiladi? Bu ularni egallab turgan lavozimidan ayirmaydi, hech qanday iqtisodiy choraga duch kelmaydi. Hayfsan berilgan amaldorlarning ayrimlari Shveysariya banklarida mablagʻ asrashda ayblangan, ularga bir yillik maosh olib tashlanishi ham katta fojia emas aslida.

Prezident hududlarda energiya taʼminotini yaxshilash masalasida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari O. Ramatov, “Oʻzbekneftgaz” raisi M. Abdullayev, “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi F. Abduraxmanov, “Hududiy elektr tarmoqlari” raisi U. Mustafoyev, “Oʻztransgaz” raisi B. Normatov, “Hududgaztaʼminot” raisi B. Eshmurodovga “hayfsan” bergan edi.

Xoʻsh, hayfsan oʻzi nima?

Hayfsan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan qoʻllaniluvchi intizomiy choralardan biri. Huquqiy oqibati xodimga nisbatan ogohlantirish sifatida berilib ushbu holat qaytarilgan taqdirda Mehnat kodeksining 100-moddasiga asosan ishdan boʻshatilishi mumkin.

Mehnat kodeksiga koʻra hayfsan olgan xodim agar hayfsan berilganda maʼlum miqdorda jarima aytilmagan boʻlsa, moddiy javobgar boʻlmaydi yaʼni hayfsan uchun maʼlum miqdorda mablagʻ belgilanmagan. Hayfsan oʻzbek tilida “ogohlantirish” degan maʼnoni beradi.

Xodim quyidagi holatlarda moddiy javobgar boʻlishi mumkin. Mehnat kodeksining 202-moddasiga koʻra, Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi hollari

Yetkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda xodimga toʻliq moddiy javobgarlik yuklatiladi:

1) maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini taʼminlamaganlik uchun;

2) bir gallik hujjat asosida olingan qimmatliklarning saqlanishini taʼminlamaganlik uchun;

3) qasddan zarar yetkazilganda;

4) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida zarar yetkazilganda;

5) xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;

6) tijorat sirlari oshkor etilganda;

7) qonunlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladilar.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.12.2022 17:13
Саволга жавоб: Уларнинг чўнтагига таъсир қилади, ахир хайфсанни ювиш учун чойхонада ОШ қилиб беришлари керак
21.12.2022 16:02
вазирликлар хайфсан олгани билан севит уша ахвол ундан баттар ёнмай колди