Amerikada yashayotgan Qatag`on qurboni avlodi tariximizni o`rganishda qanday qiyinchilikka duch keldi?

13.12.2022 09:48

 «Talabalar hayoti haqidagi ma`lumotlar eski tilda, bu erdagi tarixchilarning esa o`rganishga imkoniyati bor» - Amerikalik tadqiqotchi eski o`zbek yozuvini biladigan olimlarni o`tgan asr tariximizni ko`proq o`rganishga chaqirdi

O`tgan asrning 20 yillarida bir guruh turkistonlik yoshlar ilm olish uchun Germaniyaga yuboriladi. Bu o`sha davrning ijtimoiy va madaniy hayoti uchun ulkan voqea edi. Afsuski, O`zbekistonning sovet davlati bo`lib qolishidan manfaatdor bo`lganlar talabalarni o`qishni bitirmay qaytishini talab qiladi. 

Germaniyaga yuborilgan talabalar xotirasining 100 yilligi arafasida Amerikadagi turkistonliklar ya`ni o`zbek vatandoshlarning vakili, mustaqil tadqiqotchi Orxan Boboqurbon o`zining «Kadr begunoh 74» nomli tadqiqotlari namoyishi vaqtida u ayni shu davrni o`rganilmagan va muhim bo`lgan voqeliklari hali ko`pligini aytib o`tdi.

Taqdimot asosan mustaqil izlanishlar asosida tayyorlangan. Tadqiqotchi uni tayyorlashda qanday jarayonlardan o`tdi. O`rxan Bobokurbonga shu kabi savollarni berdik.

Hozirgi taqdimotning tayyorlanish jarayonida qanday qiyinchiliklar bo`ldi?

-Turkiyadagi Ahmadjon O`qayning farzandini topdim. Pandemiya paytida bordi-keldi bo`lmay qiynaldim. Ular hozir professor. Ham dars, ham geologiya sohasida o`zlarining tadqiqotlari bor. Germaniyaga bu yil faqat 6 kunga bordim. U erdagi arxivlarga ham kirishga ulgurmadim. Men mustaqil tadqiqotchiman. Bank sohasida ishlayman. Avval bu mavzu haqida eshitganman. Taqdimotda Ahmadjon O`qayning ovozi bor. «Biz 1922 yilda Germaniyaga bordik. Undan keyin Turkiyaga borib, ba`zi talabalar Vatanga qaytib xizmat qilaman deb qaytishadi ammo ular yashamayapti». Bu gaplarni u 1968 yilda aytyapti. U paytdagi Turkiyadagi talabalar Vatanga qaytgan talabalarning taqdirini bilishgan. Hozirgacha ham hamma talabalarning hujjatlari yo`q. lekin so`nggi 7-8 yil ichida arxivlar ochilyapti.

Amerikalik tadqiqotchini aytishicha, Germaniyada o`qigan talabalar haqida ma`lumotlar eski tilda yozilgan. Ularni o`rganishga esa ko`pgina o`zbek olimlarining imkoniyati bor. Turk tilini bilgani sabab qo`ldan kelgancha ma`lumot yig`ganligini aytib o`tar ekan, u o`zbekistonlik tadqiqotchilar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma`lum qilgan.

Ma`lumotlarga qaraganda, Germaniyada tahsil olgan o`zbekistonlik talabalarning umumiy soni yuzga yaqin bo`lgani holda bugun ularning 15 nafarga yaqini haqidagina axborot yurtdoshlarimizga etkazilgan.

Ularning nafaqat qatag`on etilishi va fojiali qismatlari bilan bog`liq jarayonni tadqiq etish, balki ilmiy-ijodiy merosini to`plash, Evropa va mahalliy matbuot sahifalaridagi maqolalari, tarjimalari, ular tomonidan yaratilgan darslik va o`quv qo`llanmalarini jamlash, hamda ularning O`zbekiston ilm-fani, sanoati va qishloq xo`jaligini bunyod etishdagi hissalarini o`rganish o`ta muhim.

O`tgan asrning 20-yillarida Turor Risqulov, Fayzulla Xo`jaev, Munavvar qori Abdurashdxonov, Ubaydullo Xo`jaev, Fitrat singari xalqimizning fidoiy farzandlari Turkistonning istiqloli yo`lida beomon kurashga bosh qo`shgan edilar.

 Manbalarda Turkiston va Buxorodan 1922 yil oxirlarida 70 dan ortiq turli yoshdagi mahalliy yosh yigit va qizlar Germaniyaning turli shaharlaridagi oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlariga qishloq xo`jaligi, tekstil sanoati, kimyo, elektrotexnika, konchilik, falsafa, pedagogika, tibbiyot va boshqa muhim sohalar bo`yicha o`qishga yuborilgani aytiladi.
 

Umuman, 1922 yilning oxiriga qadar 200 ga yaqin Turkistonlik talaba turli yo`nalishlar bo`yicha o`quv muassasalariga yuborildi. Ulardan 25 nafari Turkiyaga, 25 nafari Ozarbayjonga, 50 nafari Moskvaga, 74 nafari Germaniyaga tahsil olish uchun yo`llangani aytiladi.
 


 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
13.12.2022 16:46
Мавзу жуда яхши, маълумотлар ҳам кўпи янги, оригинал. Бунисига раҳамт! Лекин, мақола яхши бир муҳаррирнинг қўлидан ўтиши керак экан. Ғализ жумлалар, услубий хатолар кўп.