Kecha tunda yana bir "Tez yordam" shifokorlari ayovsiz kaltaklandi

13.10.2022 07:10

Toshkent shahrida tibbiyot xodimlariga nisbatan yana bir zo`rovonlik ro`y berdi. Yakkasaroy tumani Tez tibbiy yordam shifokori M.B va yordamchisi - felsher ayol I.J ayovsiz kaltaklandi.

Kecha tungi soat 22:00 lar atrofida Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi, 87 uy, 19 xonadondan keksa kishining tobi qochgani ma`lum qilingan chaqiruv tushadi. Chaqiruv joyiga etib borgan “tez yordam” shifokorlari o`z vazifasini bajarib turgan vaqtida mazkur xonadon farzandi tomonidan tibbiyot xodimlariga nisbatan turli haqoratlar yog`iladi. Haqoratlar davomli bo`lib, zo`rovonlik yo`liga o`tadi va shifokorni ayovsiz kaltaklaydi. Hatto shifokor yonidagi felsher ayolni ham qattiq zarb bilan urib ketadi.

Ana shunday holatda ham chaqiruv manzilidagi bemorning ahvolini bilgan shifokorlar uni Respublika tez yordam shoshilinch markaziga etkazib olib kelishadi.

“Tez yordam” shifokorlarining o`zi ham og`ir tan jarohati bilan ayni damda shifoxonada yotibdi.

Afsuski, jamiyatimizda shifokorlarni kaltaklash tobora odat tusiga kirib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali shifokorlar kaltaklanishi haqidagi xabarlar tez-tez ko`zga tashlanmoqda. Ammo qachondir bunga echim topiladimi?..

Prezidentimiz 2020-yilgi murojaatnomasida bunday vaziyatlarga  “Jamiyatimizda shifokorlarga nisbatan xunuk holatlar yuz bermoqda. Bu juda yomon holat. Shuning uchun shifokorlarning sharoitlarini yaxshilash, ularning o`rni va ahamiyatini kuchaytirish, shifokorlarga ko`proq imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak", deya munosabat bildirgan edi. Biroq oradan ikki yil o`tsa ham ushbu soha vakillari to`qmoq ostida qolib kelmoqda.

Sog`liqni saqlash va Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari bu holatni ham xolis o`rganib, xulosani beradilar degan umiddamiz. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
17
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.10.2022 01:51
Afsus achinarli xolat bu deputatlar qayoqda qarayapdi bormi bizlarni ximoya qiladiganlar
15.10.2022 01:50
Afsus achinarli xolat bu
14.10.2022 21:19
Ҳокимлар менсиманган одамларни оддий подалар қаёқдан билсин? Бўлди-да энди, қачонгача давом этади? Гоҳ шифокор, гоҳ зиёкор, гоҳ қонун посбони. Нима, бизлар ердан кўкариб чиққанмиз-ми? Бунақаларни деворнинг ёнига тикка қилиб халқ олдида сазойи қилиш керак
14.10.2022 16:47
Калтаклашгани жуда салбий холат, коралайман. Лекин мен бир тиббиёт идорасига мурожаат йуллаганимда шунака куполлик килишгандики.. Масъул ходим очикчасига «нимага ёзасииззз!!!» деди. Конституцион тузумли давлатда яшаяпмиз-ку! Хак эдим, ижобий хал булди. Лекин муомала!?!?! Мурожаатлар б-н ишлагани учун ойлик олаяптику. Тиббиёт тизими камчиликларни айтганда хам муросасиз муносабатда булишини сенатда хамма курди.
14.10.2022 00:20
Очень грустно об этом читать!!
13.10.2022 20:15
Бу одамгарчилик йук инсонлар шифокорларга шунака куполлик килишади,ахмоклар улар,уйида огир холатга тушиб колса биринчи навбатда тез ердам чакирамизку,шулар инсон хайотини саклаб коладику, уша куполлик килганларни жиноий жавобгарликга тортиш керак,деб фикр билдираман
13.10.2022 19:41
НИМА ?
13.10.2022 19:39
ШИФОКОРРИ КАЛТАКЛАГАН УША ОДАММИ УРИБ, ОНАСИНИКИГА ТИКИБ ТАША КЕРЕ
13.10.2022 17:30
Nima ayb ularda, shunaqa befarosat odamlar bordek, hayvondan battar
13.10.2022 14:42
Тиббиет ходимларининг азияти хакида куп хабар тез таркалади жабрлавчининг жазоси еритилмаяпти,балки тиббиет ходимлари менна ухшаган Ута кечир млидир...
13.10.2022 13:47
Alloh kifoya qilsin bularga buyam bir sinovda nima xor bulsa ertaga shunga zor buladi odam.