ASOSIY QOIDALAR
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar, vazirliklar, qo`mitalar, agentliklar, birlashmalar, davlat va jamoat tashkilotlari orasidan eng munosiblarini saralang!
Joriy 2021 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizimda ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o`rtasida an`anaviy “YIL TANLOVI” e`lon qilinmoqda.
Tanlov ijtimoiy so`rov hamda jurnalist va blogerlarning e`tirofi asosida “Eng namunali viloyat”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti”, “Eng namunali tuman”, “Yilning eng faol hokim yordamchilari”, “2022 yilning eng namunali oliy o`quv yurti”, “2022 yilning etakchi partiyasi”, “Eng faol deputat”, “Yilning eng namunali matbuot kotibi” yil davomida xalqning ishonchini qozongan tijorat banklari kabi nominasiyalar bo`yicha saralanadi. Shuningdek, “YIL ODAMI” e`lon qilinadi.
KIMLAR QATNAShA OLADI?
Mazkur tanlovga ayni paytda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalqning kundalik turmushida ko`p bora duch keladigan, jamoatchilik tomonidan e`tirof etilayotgan tizimlar saralab olinadi.
1. Vazirlik, qo`mita, uyushma va agentliklar
2. Jamoat tashkilotlari
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar
4. Barcha viloyat va shahar tumanlari, oliy o`quv yurtlari, tijorat banklari...
TANLOVDA QANDAY IShTIROK ETISh MUMKIN?
Tanlov ishtirokchilari ro`yxati www.rost24.uz axborot portali tomonidan rasmiy sayt hamda telegram ijtimoiy tarmog`ida t.me/rost_24uz kanalida e`lon qilib boriladi. Shuningdek, jamoatchilik tomonidan https://t.me/rost_24uz telegram kanalida e`lon qilingan ro`yxatda ko`rsatilgan tashkilotlar va etakchi shaxslarga ovoz beriladi.
TANLOV QANDAY O`TADI?
Tanlov 3 bosqichda bo`lib o`tadi.
Jamoatchilik so`rovnomasi hamda jurnalist va blogerlar tanlovi asosida
I bosqich:
“Yilning eng faol hokim yordamchilari” — ushbu yo`nalish joriy yilda ilk bora tanlov nominasiyalariga qo`shilgani bois, dastlab jamoatchilik e`tirofi va ovoz berish orqali har bir tumandan 3 nafar hokim yordamchilari saralab olinib, tuman bosqichiga qo`yiladi. Tuman bosqichiga chiqqan ishtirokchilar viloyat bosqichiga bellashadi.
Shuningdek, respublikamizning barcha tuman hokimlari faoliyati ham jamoatchilik ovoz berish yo`li bilan saralanadi, har bir hududdan so`rovnomada eng ko`p ovoz to`plagan 3 ta tuman keyingi bosqichga chiqadi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi institut va universitetlar “2022 yilning eng namunali oliy o`quv yurti” nominasiyasida ishtirok etadi va faol qatnashuvchilari navbatdagi bosqichga chiqadi.
Bunda jamoatchilik so`rovnomasi asosida to`plagan ovozlar hamda har bir hududdan tanlab olingan jurnalist va blogerlarning “Eng yaxshi tuman”, “Yilning eng faol hokim yordamchilari”, “2021 yilning eng faol deputati”, “2021 yilning eng namunali oliy o`quv yurti” deb e`tirof etgan tanlovi muhim o`rin egallaydi.
II bosqich:
Vazirlik, qo`mita, uyushma, agentlik, jamoat tashkilotlari va banklar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari qatnashadi. Shuningdek, birinchi bosqichga chiqqan tuman va oliy o`quv yurtlari ishtirok etadi.
Har bir yo`nalish bo`yicha Rost24.uz'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eng ko`p ovoz to`plagan tashkilotlar uchinchi bosqichga o`tadi.
III bosqich:
Asosiy bosqich bo`lib birinchi va ikkinchi bosqich g`oliblarining eng munosiblari kurashadi, ular jurnalist va blogerlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma asosida aniqlanadi.
NATIJALAR QAChON E`LON QILINADI?
Yangi yil arafasida 2021 yilning eng namunali davlat va jamoat tashkilotlari, hokimliklari, shuningdek, qo`shimcha rag`batlantiruvchi nominasiyalar g`oliblari e`lon qilinadi. Barcha sovrindorlar maxsus sertifikat, tanlov ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.