«Qishloqda erkinlik bor, shaharda faqat jim o`tirish kerak...»

19.09.2022 09:21

Olis qishloqda robot yasab ayollar mehnatini engillashni orzu qilayotgan bola hikoyasi

Qishloq bolasi bo`sh vaqtini qanday o`tkazadi? Bu bo`sh vaqtning o`zi bormi, unda? Orzularichi? Ular yaqin o`n, yigirma yillarda amalga osharmikin...


Innovasion ishlanmalar shaharlardagi markazlar-u, ihtisoslashgan yarmarkalarda ko`rgazma uchungina xizmat qilayotgan bir vaqtda, O`zbekiston qishloqlarida onalari, opalari, singillari mehnatini robotlar yordamida osonlashtirishni orzu qiladigan bolakaylar o`syapti. Ular bir kun hayot boshqacha bo`lishiga ishonishadi.
Balki ular katta bo`lganda bugun amaldorlar qilmagan ish - ayollar qo`lini «tappi» yopishu, ketmon chopishdan ozod qilishar.



Sharof Boshbekovning «Temir xotin» filmida Olimjon qishloq ayollari hayotini engillatish uchun robot ya`ni Alomatxonni yasab kelgan edi. Bugun ham olis qishloqlarda badiiy timsol bo`lgan Olimjonning orzusini amalga oshirishni niyat qilib kelayotgan bolalar yo`q emas. Yillar o`tsada qishloqda ayollar mehnati osonlashmadi. Qishloq ayolining mehnatini engillash haqida senatorlar qayg`urmasada bu haqida bolalar orzu qilmoqda. Qashqadaryolik Dovrug` aynan shunday yigitlardan. 

U bor yo`g`i 12 yoshda. Ammo, u shu kichik yoshidan qishloq mehnatini elkasiga ortgan. Uning yozgi ta`tili asosan qo`y va mol boqish, dalada o`t yulish, ekin terish, suv tashish bilan o`tadi. Erta tongni qo`ylarni qo`radan olib chiqish bilan boshlaydigan Dovrug` robot yasashni orzu qiladi. U onasining mehnatlarini engillashtiradigan robot ishlab chiqishni istaydi. Ammo, Dovrug`ning qishlog`ida robotlar texnikasi bo`yicha ta`lim beradigan maskanning o`zi yo`q. U hatto ingliz tilini o`rganish uchun yaxshi mutaxassis topilmaganini aytadi. 

Uning rejalari katta. U istagan qiziqishi bo`yicha mashg`ulotlarni topolmayotgan bo`lsada, kelajakda orzularini amalga oshira olishiga ishonadi.
Dovrug` Nodirov haqida to`liq videoreportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/e6UlGg4HJqo" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Tasvirlar Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida olingan.



@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
17
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
23.09.2022 09:50
niyatinga erishgin bolajon maqsad sari olg‘a
19.09.2022 15:04
Qishloqlar ham hozir shaharday bo`lib qolgan, ovozingizni chiqarib ko`ringchi