ShHT Samarqand sammitida Ortiqxo`jaevga tegishli suv brendi «ko`z-ko`z» qilindi

19.09.2022 18:14

Samarqand sammiti faqatgina O`zbekistonning tarixiy obidalari reklamasi bilan yodda qolayotgani yo`q. ShHT Samarqand sammitiga Ortiqxo`jaevga tegishliligi aytilgan kompaniya suv etkazib bergan.

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqandda o`tgan sammiti va sammit doirasidagi uchrashuvlarda Ortiqxo`jaevga tegishliligi aytiladigan kompaniya brendi suvlari yashirincha reklama bo`ldi. Bugungi ShHTning to`g`ridan-to`g`ri namoyishida har bir prezident stolida Murod Nazarov so`zlariga ko`ra Ortiqxo`jaevning qiziga tegishli bo`lgan “Ocard” mas`uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqargan Blanc blue suvlarini ko`rish mumkin edi.


ShHT sammiti uchrashuvlarida prezidentlar stoliga suv brendi teskari qaratib qo`yilgan edi. Shunga qaramay onlayn videolarda brend nomlari ko`ringan. Sammitdan keyingi Tashqi ishlar vaziri V. Norov bilan o`tkazilgan tadbirda esa, suv brendi nomi ochiqchasiga namoyish etib qo`yilgan.
Bir vaqtlar Kristiano Ronaldo ana shunday yashirincha reklamadan qochish uchun suvni o`z stolidan olib qo`ygan edi. Siyosiy arbob esa amaldor hamkasbiga tegishli brendni yashirishni eslamadi.
Tabiiyki ShHT sammitidan surat va video tarqatgan davlat ommaviy axborot vositalari ham suv brendini namoyish etdi. Rost24.uz saytida davlat telekanali va “Ocard” MChJ o`rtasida shartnoma bor yoki yo`qligi bo`yicha ma`lumot mavjud emas.
“Ocard” MChJ ning internet sahifasida brend bir nechta xalqaro sertifikatlarga ega ekanligi ochiq namoyish etilgan. Sertifikatlarning birida elektron manzil sifatida Ortiqxo`jaev asos solgan @artelelectronics.com ko`rsatilgan.
Shu bilan birga yirik tadbirkor Murod Nazarov o`z intervyularining birida “Ocard” suvining reklamasiga uning egasi ya`ni Ortiqxo`jaev qizining iltimosi bilan tushganligini bildirgan edi.
Davlat ahamiyatidagi xalqaro katta tadbirda ko`p miqdorda byudjet mablag`iga sotib olish ko`zlangan suv aynan davlat amaldoriga tegishli bo`lishi manfaatlar to`qnashuviga ko`z yumilganini ko`rsatmaydimi?
ShHT Samarqand sammiti tashkilotchilari jumladan Prezident administrasiyasi jamoasi bu kamchilikni bilmagan holda ko`zdan qochirganiga ishonish qiyin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
12
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
20.09.2022 16:14
ROSTCHILAR OLGA‘. Bu ishlarni ohiriga etish kerak. Hamma yoq manopoliya bo‘lib ketdi. Bechora halqqa qiyin. Boyga balo ham o‘rmaydi.
20.09.2022 03:04
Реклама килмабди. Сабаб мана
20.09.2022 03:03
Норовни ишдан олинг президент жаноблари
20.09.2022 02:29
зорку якинда ортикобод,жахонгиробод ва яна янги ва янги ситилар пайдо булади яшасин янги узбекистон,койил мана буни 3 ренесанс деса булади маладес
20.09.2022 01:47
Rost24 , Сизлар довюраклик билан мухим мавзулар конун бузилиш холатларини тахлил килиб бораярсизлар,Доим шундай булинглар ,Омад тилайман