O`zbekiston hukumati tarixiy adolatni qachon tiklaydi?

27.08.2022 01:09

Toptalgan jadidchi vatanparvarlar mulkini qaytarish va tarixiy ob`ekt sifatida e`zozlashga O`zbekiston hukumati e`tibor qaratadimi? 

O`zini mustaqil davlat sifatida e`lon qilgan O`zbekiston unga jonini fido qilgan jadidlar merosi va merosxo`rlari haqqi borasidagi adolatni tiklashni ham unutmasligi kerak. Bizningcha, sovet davridan mustaqillikkacha etib kelgan jadid vatanparvarlarning hovlilarini davlat (hokimiyat) tijoratchilarga pullagan ekan, endilikda uning vorislari oldida hisoblashmog`i zarur. Davlatning eng qalin ustunlaridan biri uni fuqarolariga qiladigan adolat bo`lishi kerak. Shunday emasmi?
Rus bosqiniga qarshi kurashgan, otasining boyligini bu yo`lda safarbar etgan - jadid, rahbar, diplomat Usmon Xo`jaevning Buxorodagi hovlisi hamon tarixiy, madaniy meros ob`ektiga aylantirilmadi. Fayzulla Xo`jaevning uy muzeyiga uning nomini qaytarish topshirig`i esa hamon qog`ozda qolmoqda. Ularning avlodiga tegishli yana bir hovli ham tarixiy ahamiyatga ega bo`lishiga qaramasdan mahalliy hokimiyat tomonidan tadbirkorlarga sotib yuborilgan va madaniy meros sifatida qayd etilmagan. Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan bu yo`lda jonini ayamagan vatandoshlarimizning mulki bir vaqtlar talon-taroj qilingandir, ammo ular o`z egalariga qaytarilishi yoki tarixiy ob`ekt sifatida e`zozlanishi kerak.
Bu haqida, 24 avgust kuni «Rost24» saytida e`lon qilingan Tarixiy sharmandalik hikoyasi: «Sodiq Safoev va`dangizni qachon bajarasiz?» nomli maqola e`lon qilingan edi.
Maqolaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, tarixiy ikki ob`ekt tadbirkorlarda qolmoqda. Birgina Fayzulla Xo`jaev uy muzeyi hozirda boshqa nom bilan atalib kelinadi va unga o`z nomi qaytarilish masalasi qog`ozda hal etilgan.
Ya`ni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 215-sonli «Hududlarda aholi bilan o`tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni o`z ichiga olgan «yo`l xaritasi»ning 56-bandida «Buxoro shahrida mavjud «Buxorolik boy savdogar uy-muzeyi yodgorlik majmuasini «Fayzulla Xo`jaev uy-muzeyi» deb qayta nomlab, uning yangi ekspozisiyasini yaratish» vazifasi berilgan.

Shuni inobatga olib, «Buxoro» davlat muzey-qo`riqxonasi tomonidan «Buxorolik boy savdogar uy-muzeyi» nomini «Fayzulla Xo`jaev uy-muzeyi» nomiga almashtirish bo`yicha Hukumat tomonidan hujjat ishlab chiqilmoqda.
Qolgan ikki tarixiy uy tadbirkorga tegishli ekanligi aytilar ekan, mustaqillikdan so`ng hokimlik tomonidan sotilgan bu uylarning tarixiy egalari oldida hukumat qarzdorligini yodga olmagan. Bu masalaga ortiqcha to`xtalmagan ham. Biz tadbirkorga e`tirozimiz yo`q. Ammo, ob`ektni sotgan taraf uning ma`rifatparvar, jadidchi tarixiy egasi oldida qarzdor emasmi?

Munosabatda shunday deyiladi:
Ma`lumotlarga ko`ra, Usmon Xo`jaev 1878 yil Buxorodagi boy savdogar oilasida dunyoga kelgan. 1908 yildan 1912 yilgacha Istanbuldagi universitetda o`qiydi. Buxoroda jadid maktablari ochish uchun u Istanbulda fond tashkil qiladi. 1913 yilda Buxoroga qaytib keladi va hozirgi Buxoro shahri, Shayx Gulrez ko`chasi, 13-uyda joylashgan hovlisida Buxoroning yangi usuldagi maktabini ochadi.

Keyinchalik Usmon Xo`jaev rus bosqiniga qarshi kurashib, Afg`onistonga, Afg`oniston orqali Turkiyaga o`tishga majbur bo`ladi.

Uning Buxorodagi yashagan hovlisida esa mustaqillik yillariga qadar viloyat prokuraturasi, viloyat sudi faoliyat yuritgan. Hovlining erto`lasi (podvallarida) sudlanuvchi-jinoyatchilar saqlangan.

Keyinchalik hovli Buxoro shahar kommunal xo`jaligi ixtiyoriga berilgan. 1997 yildan beri xususiy tadbirkor tomonidan mehmonxona sifatida foydalanib kelingan. O`sha paytda uning egasi kim bo`lganligini aniqlash bo`yicha vakolatli tashkilotlar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda. Mehmonxona 2013 yilda samarqandlik tadbirkor I. U. qo`liga o`tgan.

Saytda berilgan Temurxo`ja Fayzulla Xo`jaevning amakivachchasi bo`lib, ularning uylari Gavkushon madrasasi yonidagi Eski Oktyabr ko`chasi, 13-uyda joylashgan. Bu uyda hozirgi kunda «Hovli Poyon» mehmonxonasi joylashgan bo`lib, Samarqand viloyati Payariq tumanida hisobda turuvchi N.T.ga tegishli.
Yana shuni qayd etish lozimki, ushbu turar-joy xususiy mulk bo`lib, Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatiga kiritilmagan.

Rost24.uz sayti vaziyatni tadqiq qilar ekan, hukumat shu yurt uchun jonini bergan jadidlarning tarixiy mulkini qaytarishi kerakligini so`raydi. Hatto ularning farzandlari buni talab etmagan taqdirda ham O`zbekiston hukumati tarixiy adolatni tiklashi zarur emasmi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.08.2022 02:21
Бутун отасини мол мулкини ва Бухоро амирини олтинларини бериб юбориб Бухоро халқини устига бомба ташлатирган одамни жадидчи деб уйини музей қишини нима кераги бор, Сталин Ф. Хўжаевни ўлимга хукум қилганда ўз элига эл бўлмаган бизга хам эл бўлмайди деган сўзларни айтган
27.08.2022 22:59
Тарихи йук халкнинг келажагихам йук саводдсиз вазирлар буни билармиди