KLASTERLAR OLDIDA HAM HOKIM MUAMMOSI PAYDO BO`LMOQDA

24.08.2022 18:43

Hokimlar har bir yangilik, islohot, hatto inqirozlardan ham unumli foydalanib qolishmoqdami?

Ikki yil oldin respublikamizning janubiy chekka hududida ish boshlagan «Surxon Cotton Textile» horijiy korxonasi MChJ atrofida gap-so`zlar ko`paya boshlagan edi. Shu bois uning atrofida bo`layotgan voqealarni biz ham o`rganib ko`ramiz.

Mazkur klaster Qiziriq tumanida 765 ta oilaviy pudrat bilan shartnoma tuzib, 4700 nafar mahalliy aholini ish bilan ta`minlagan, xorijdan yuzlab zamonaviy texnikalar olib kelgan.

Demak 4700 nafar odam xorijdan emas o`zining mahallasidan ish topgan. Aholi mamnun. Ammo yangi tashkil bo`lgan bu tuzilmalar oldida ham muammolar paydo bo`lmoqda ekan.

«Surxon Cotton Textile» xorijiy korxonasi huquqshunosining keltirgan vajlari bo`yicha yuqori tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlarga nazar solamiz.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ish boshlagan Klasterlar samara bera boshlagach, Surxondaryo viloyati va Qiziriq tumani hokimi rentablligi past bo`lgan Qiziriq tumanida ham investorlarni jalb qilgan holda klaster tashkil etishni taklif etishadi.

Shu taklif asosida 2020 yil dekabr oyida Surxondaryo viloyati xalq deputatlarining Qiziriq tuman Kengashi tumandagi fermer xo`jaliklari er maydonlarini tuman hokimi ixtiyoriga qaytarish va yangi tashkil etilgan klasterga ajratish uchun qaror qabul qiladi.

Shu qaror asosida Qiziriq tumanidagi jami 25 313 gektar er xatlanib, tuman hokimi zaxirasiga olingan.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 avgustdagi qarori bilan «Surxon Cotton Textile» MChJ yo`nalishiga to`g`ri keladigan 24 300 gektar er maydoni ushbu klasterga 25 yil muddatga ijaraga beriladi.

Qaror chiqqan muddatdan boshlab barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, kontur chizmalari belgilab berilgan. Klaster ham o`z o`rnida shu kundan boshlab 24 300 gektar erga soliq to`lashni boshlaydi. 

Ammo boshqa bir tarafdan muammo boshlangan ekan. 

«Surxon Cotton Textile» MChJ rahbariyati arz qilishicha, hujjatlarda 24 300 gektar er ko`rsatilgan. Ammo ularga salkam 22 ming gektar er ajratilib berilgan. Konturda ko`rsatilgan 2 400 gektar eng unumdor erlar esa klasterga berilmayotgan ekan. Vaholanki, hujjat asosida 24 300 gektarga soliq to`lanmoqda.

«Surxon Cotton Textile» MChJ hujjatda bor-u ammo amalda egalik qila olmayotgan 2 400 gektar erga ikki yil ichida 743 million so`m er solig`i, 931 million so`m suv solig`i to`lagan. 

Soliq to`lovlari bo`yicha yana bir misol, klaster kelgach, uzoq yillar foyda ko`rmagan, zarar bilan kelgan tuman byudjetiga birinchi yilning o`zida 27 milliard so`m soliq tushumlari qilindi. Bu raqam ikkinchi yilning birinchi yarmida esa qariyb 19 milliard so`mni tashkil etdi.

Yuzlab gektar erlarni hech qandy hujjatsiz egallab olgan aholi dalalar boshiga hatto uy-joy qilib yashab kelmoqda.

Ayni shu masalada Qiziriq tuman hokimiyatidagi mas`ullar fikrini ham so`radik. Tuman hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Otabek Poyonovning aytishcha, klaster tuman uchun ancha ahamayatli bo`lgan, 4 mingdan ortiq aholi ish bilan ta`minlangan. Klasterga bo`shatib berilmayotgan 2 400 gektar er masalasida esa bu tuman hokimligining erlarni zaxiraga olishdagi xatosi ekanligini bildirdi.

Otabek Poyonov, Qiziriq tuman hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari

Voqealar rovojini qisqacha talqin qiladigan bo`lsak, rentabilligi eng past bo`lgan tumanni oyoqqa turg`izish uchun hukumat tomonidan shu tumanga klaster jalb qilindi, qarorlar chiqarildi, shu qaror asosida tumandagi barcha fermer xo`jalik erlari tuman hokimi zaxirasiga olindi, 10 foiz eng unumdor erlar esa bo`shatib berilmayapti. Erga soliq to`lovlari hujjat asosida klaster hisobidan ketmoqda.

Turli sudlarda 4 marotaba ko`rilib, sudlar er klasterga tegishli ekanligi haqida hal qiluv qarorlar chiqarildi. Shunga qaramasdan Qiziriq tumani mutasaddilari erlarni qonuniy egasiga qaytarishni paysalga solib kelmoqda. 2 400 gektar erdan hech qanday to`lovlarsiz noqonuniy foydalanib kelayotgan sobiq fermerlar esa vaqtni imkon qadar yillarga cho`zish uchun qayta-qayta sudga berish bilan shug`ullanmoqda. 

Sobiq fermerlarning qayta-qayta  sudga berishining yana bir mantiqsiz tomoni shundaki, ular qaror chiqargan Vazirlar Mahkamasini sudga bergan.

Aslida qonunan olib qaraganda, erlar Surxondaryo viloyati xalq deputatlarining Qiziriq tuman Kengashi qarori bilan zaxiraga olingan. 

Shu erda hokimlar O`zbekiston qishloq xo`jaligi uchun yangilik bo`lgan tuzilma – klasterlarni ham xalqqa yomonotliq qilib ko`rsatayotgandek, nazarimizda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.11.2022 18:37
Бир одамни иш билан таъминлаш нима эканини хамма яхши билади, чунки хар бир фарзанд вояга етгач унга уз хаётини давом эттириш учун унга пул керак пул топиш учун (маълумоти кандай булишидан катъий назар ) ИШ КЕРАК. Ишлаш учун иш жой керак. Баъзи бир амалдорлар бунга унчалик хам эътибор бермаётгани Тадбиркорлар ва Корхоналарни жуда хам АЧИНАРЛИК холатларга олиб келяпди. Маслага Ечим эса ???? коляпди.
25.08.2022 20:06
Елгон хокимлик мажбурлаб олиб куйган фермерларни ухлатди
25.08.2022 15:54
Рост 24 нинг рост хабар беришни шиор килган хабарчилари масалага факат бир тарфлама ёндошган. МЧЖ ХК нинг 2 400 ер майдонларини "тотиб олган" фермерлар билан хам сухбат уюштириш лозимлигига хабарчининг фахми етмаган куринади. Бу ерда гап Кизирик туман хокимлиги хузуридаги Ен бериш (реализация килиш) масалалари билан шугулланувчи комиссия раиси Б Джабборов томонидан сохта хужжатлар асосда такдим килинган % 05-05-235-сонли баённома такдим килиниб, Халк депутатлари Кизирик туман кенгашининг 2020 йил 10 декабри санасининг узида да даги № 99-6-22-сонли карор конунга зид чикаришга эришилганлиги хакида боряпти.
25.08.2022 00:48
Ўрганган кўнгил ўртанса қўймас