Hech bir ishni eplay olmayotgan Jurnalistlar uyushmasi endi raddiyashunoslikka o`tdi...(mi?)

14.08.2022 08:20

O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi jurnalistika aslida nima ekanini biladigan savodli rahbarga muhtoj ekani kundan kunga oydinlashib borayapti…

Rost24.uz'da e`lon qilingan “Ekologiya qo`mitasi daraxt kesilish mashmashasida aybdor deb jurnalistni jazoladi — AOKA, Mass media va Jurnalistlar uyushmasi jim...” maqolasiga O`zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raddiya beribdi. Emishki, matbuot kotiblariga munosabat bildirish ularning vazifasiga kirmas ekan.

Uyushma faoliyatini kuzatar ekanmiz, tizim uchun arzirli biror bir ish qilganini ko`rganimiz yo`q. Bu tashkilot rahbarlarining a`zolik hujjatlarini tantanali ravishda topshirib yurgan suratlarigagina ko`zimiz tushayapti xolos.

Uyushma faxr bilan tarqatayotgan a`zolik guvohnomalari aslida sovet ittifoqi zamonlaridan qolgan “yodgorlik” ekani hayollariga ham kelmasa kerak. Guvohnoma, ko`krak nishoni topshirish marosimlari, jurnalistlarni to`plab hokimlik mediaturida ishtirok etib maqtovli maqolalar e`lon qildirishda ishtirok etish bizning-cha, bugungi kun talabidagi uyushma vazifasi emas.

Balki shuning uchun ham unda-bunda berib qo`yayotgan munosabatlarining kuchi ham ta`siri ham hech kimga sezilmayapti. 

Tashqarida esa jurnalistlar, matbuot kotiblar faoliyatida bo`ronlar bo`lmoqda. Uyushmaning o`z dunyosida yana hisobot va PR uchun uchrashuv va tantanali hujjat topshirish marosimlari avj olgan. Balki, bunda uyushma rahbariyatida bugungi kun zamonaviy jurnalistikasi undagi muammolarga teran nazar bilan qaray oladigan ilmiy va amaliy tajribaga ega mutaxassisga ehtiyoj bordir.

Darvoqe, Jurnalistlar uyushmasining bugungi kunda eplayapman deyayotgan birgina ishi ishi o`zini himoya qilib, raddiyashunoslik qilish bo`lib qolmoqda.

O`zi oddiy holatda ham ommaviy axborot vositalarini matbuot kotiblarining bironta faktlarga asoslanmagan (asosli raddiyalar ham bor) raddiyasifat javoblari bosib ketgan. Asosli muammolar ko`tarilgan maqolalarga aksar hollarda hisobot uchun nomiga raddiya berilmoqda. Va bu raddiyashunoslarning yoniga endi Jurnalistlar uyushmasi ham kelib qo`shilibdi. Ajablanarlisi, asli vazifasi jurnalistlarni yonida turish, ularni himoya qilish bo`lsada, bu nodavlat tashkiloti o`zini himoya qilish bilan band.

Madiamaydon ana shunday bir tarang vaziyatga kelganda, matbuot kotiblari “vijdoni uyg`oq” advokatlarga aylanayotgan bir vaqtda jurnalistlar uyushmasi rahbari Olimjon O`sarov matbuot kotiblari uyushma tomorqasiga tegishli emasligini aytmoqda. Matbuot kotiblari va jurnalistlarning faoliyati bir biri bilan bog`liq. Matbuot kotiblarining ochiqligi jurnalistlar faoliyatiga ijobiy ta`sir qiladi. Aynan shuning uchun ham Rost24.uz sayti har yili matbuot kotiblarini ochiqlik darajasiga jurnalistlar tomonidan baho berishni an`anaga kiritgan.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasida mediamakondagi yuqorida aytilgan vaziyatlarni tushunib, unga munosabat bildiruvchi, yolg`on raddiyachi bo`lmagan matbuot kotibini qo`llovchi mutaxassis topilmaydimi?

Jurnalistlar uyushmasi vazifasiga mediamakonimizdagi raddiyasifat javoblar ko`payishi, rahbariyat xatolarini yolg`on bilan yashirolmagan matbuot kotiblarining aybsizligi kabi muammolarga e`tibor qaratish kirmaydimi? Yoki Uyushma ham o`sha “raddiyabashara” javoblar beruvchi, yuqori hisoboti uchun ishlovchi tashkilot va kotiblar qatoriga kirib ulgirganmi?

Bugun mediamakonimizda jurnalistlar va matbuot kotiblarining munosabati tarang. Matbuot kotiblarining asosiy vazifasini esa rahbariyatlar hamon tushuna olmayotgandek. Mana shunday vaziyatda balki uyushma “matbuot kotiblari jurnalist emas” biz ular haqida fikr bildirmaymiz, deb qochmasdan davra suhbatlari uyushtirishi kerakdir. Ana shunday masalalar yuzasidan faol va ustoz jurnalistlarni to`plab muhokamalar uyushtirish mavridi keldi, nazarimizda.

Xulosa o`rnida yuqorida aytganimiz yana o`sha gap: O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi jurnalistika aslida nima ekanini biladigan savodli rahbarga muhtoj ekani kundan kunga oydinlashib borayapti…

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
30
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.08.2022 03:57
Офарин
15.08.2022 13:28
Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси журналистларни ҳимоя қилиш ўрнига уларнинг ҳуқуқларини топтайдиган ташкилотга айланиб қолди.
14.08.2022 22:46
Ассалому алайкум! Ушбу мақолада, бош планга олиб чиқарилган суратни қуйилишига қаршиман. Ушбу суратни жойлаштиришда, кимдан, қачон рухсат олинган. Бу ҳолатга изоҳ беришингизни сўрайман. Ғ.П
14.08.2022 22:23
Bu muhokamani oldin viloyat va tuman hokimliklari matbuot kotiblarining mutaxassisligi jurnalistmi yoki lyuboy diplom bo'lsa ham ishga olaveramiz 4366-sonli PQning bizga ahamiyati yo'q degan hokimlardan boshlash kerak menimcha. Qolaversa matbuot kotiblarini suhbat va asosiysi tajribasi asosida ishga olish tizimi joriy etilishi kerak. Fikri ojizimcha agronom, matematik, fizik..... mutaxassisliklariga ega xodimlar matbuot xizmatida emas balki o'z soxasida faoliyat yuritishsa mana shunday tushunmovchiliklarning oldi olinib, barcha soxalarda o'sish bo'lardi.