Rost24.uz so`rovi: Mutasaddi tashkilotlar 70 minglik somsa voqeasini tekshirdimi?

02.08.2022 16:12

Hisob palatasi: “bu bizning vazifa emas”;

Antikorrupsiya: “…ko`rib chiqilayotgan bo`lishi kerak”;

Bosh prokuratura: …(javob bermadi, shunchaki ko`z yumdi).
 

Davlat organlari korrupsiyani qo`llayapti(mi?)

O`zbekistonda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan o`ndan ortiq tashkilot bor, ammo korrupsion vaziyatlarda ulardan sado chiqmaydi.

Joriy yilning mart oyida Tashqi savdo va investisiya vazirligi tomonidan Toshkent Investisiya forumi o`tkazildi. Ushbu tadbirni o`tkazish uchun davlat byudjetidan 1.5 mln. dollarga yaqin mablag` ajratilgan. Bu harajatlarning smetasi ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgach, katta shov-shuvga sabab bo`ldi. 70 ming so`mlik somsa, 50 ming so`mlik mantilarni eng erinchoq auditoriya ham muhokama qildi.

Ochiqlangan hujjatlarda xaridlarni amalga oshirishda manfaatlar to`qnashuvi ro`y bergani ham ma`lum bo`ldi. Ya`ni, buyurtmachiga etkazib beruvchi tadbirkorlik sub`ekti hukumat yuqorisidagi shaxsga tegishli bo`lib chiqmoqda. Biroq, ochiqlangan hujjat va dalillar yuzasidan shu vaqtgacha bironta tegishli mas`ul tashkilotlar na axborot berdi va na munosabat bildirdi.

Rost24.uz Tashqi savdo va investisiya vazirligi Forum xarajatlari bo`yicha yo`l qo`yilgan manfaatlar to`qnashuvi va narxlar qimmatligi yuzasidan tekshiruv o`tkazilgani yoki chora ko`rilgani bo`yicha so`rov bilan tegishli tashkilotlarga murojaat qildi.

Bosh prokuratura: …(javob bermadi, shunchaki ko`z yumdi)

Bosh Prokuratura matbuot kotibiga Forum xarajatlari yuzasidan yuborgan savollarimizni ochiq qoldirildi.

Hisob palatasi: “…bu bizning vazifa emas”

O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Investisiya forumi xarajatlari va undagi korrupsion holatni tekshirishga mas`ul emasligini ma`lum qildi, ammo qonunchilikda buning aksini ko`rsatuvchi moddalar mavjud.

“O`zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to`g`risida”gi Qonunga ko`ra, Hisob palatasi o`zining faoliyatini tasdiqlangan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida olib boradi. Unda davlat dasturlarining ijrosi va ularning natijadorligi, rejalashtirilgan davlat resurslarining maqsadli sarflanishini o`rganish masalalari nazarda tutilgan. Ya`ni Hisob palatasi forum harajatlarini nazorat qilish ularning vazifasiga kirmasligini tushuntirdi. Demakki, palata ham forum tashkilotchilariga munosabat bildirmagan va buni o`z vazifasi, deb bilmaydi.

Biroq, Hisob palatasi to`g`risidagi Qonunga ko`ra, Davlat xaridlari to`g`risidagi qonunchilik talablarining to`g`ri qo`llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish ham palataning vazifasiga kiradi. Shuningdek, yana shu qonunda Hisob palatasining vazifasi sifatida davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha ichki nazorat tizimini joriy qilishga, shuningdek, uning samarali faoliyat ko`rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish ham kiradi.

Antikorrupsiya haqiqatan korrupsiyaga qarshimi?

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimi tinimsiz savollarimizdan so`ng “…ko`rib chiqilayotgan bo`lishi kerak”, degan javobni berdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
21
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.09.2022 17:23
Бизнинг давлатимиз демократик эмас, аллақачон коррупцион давлатга айланиб бўлган! Бундай катта фирибгарликлар барчаси оддий одамлар томонидан эмас, балки юқоридаги мулозимлар ёки уларнинг яқинлари томонидан қилинади! Буни ёш бола хам билади. Шунинг учун конституцияга йирик коррупционерлар учун албатта ўлим жазосини киритиш керак эди, афсуски, бу масалани хам коррупционерлар юқорида туриб ўзларини фойдасига хал қилишмоқда.
03.09.2022 10:57
Бу ташкилотлар пастки инстанцияларга ўрнак, наъмуна бўлиши керакку?! Бу амалдорлар мактаб ўқувчиси учун "идеал" бўлиши керакку ???!!! - Пастки инстанциялар ҳам худди шундай йўл тутишади. -Ўқувчилар учун "идеал".- даромад қилиш, давлат мулкини ўмариш бўйича. Ўқишнинг нима кераги бор.
21.08.2022 16:54
Murojaatlarga koz yumishayapti?.. Adliya nega jim?
21.08.2022 16:53
Prokuraturada ish kopdir-da. Man bir-ikki savol bergandim fuqaro sifatida, hammasiga javob berishdi. Rahmat buni uchun. Ammo (afsus) murojaatim IIb ga yonaltirildi. Oylaganimdek hech narsa xal bulmadi, urush-janjallar tugashigaa umid qilgandim battar buldi.
03.08.2022 15:27
Shuncha murojatga ko'z yumayotgan tashkilotlar jamoatchilik nazorati to'g'risidagi qonunni ham buzayapti nima endi bu bo'yicha axalq ko'tarilib chiqqandan keyin xarakat qiladimi yaramaslar xalqimizam 1.5 mln $ni indamay berib qo'yaveradi sharmandalar
03.08.2022 01:30
Somsa kimniki, manti kimniki , bunisini ham yozinglarba ROSTchilar!!!
03.08.2022 01:27
Hamma ishni boshida korrupsionerlar turganidan keyin korrupsiya gullab yashaydiga.
03.08.2022 00:06
Qirq tillo pora bergan javobgar qoziga qarab:"Qirqib -qirqib gapiring" desa, qozi yuz tillo pora bergan da'vogarga qarab:"Afsus, yuzidan oʻtolmayman",- debdi