Rost24.uz e`lon qilgan xabardan so`ng Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi “Maxsus shtab” tuzib, kasallikni aniqladi.
Sariosiyoda 4 oy davomida kasalmand yilqilarga vaqtida to`g`ri tashxis qo`yilmagani sabab, ular nobud bo`lib kelgani aniqlangan. Bu xodisani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi “Maxsus shtabi" tomonidan o`rganildi.
Qo`mita axborot xizmatining ma`lum qilishicha, otlar yilqilarda uchraydigan “Nutallioz” yuqumsiz parazitar kasalligiga chalinishi tufayli nobud bo`lgan. Sariosiyo tuman veterenariya bo`limi mutaxassislari bu kasallikni vaqtida aniqlanmagani tufayli, qishloqda yilqilarda epidimeya kuzatilayotgani haqida vahima ko`tarilgan.
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Vochax” qishlog`idagi otlarda aniqlangan “Nutallioz” kasalligi ilk bor aprel oyida kuzatilgan. Ammo, qishloq ahli bir necha mutaxassis va tuman veterenariya bo`limlariga murojaat qilishiga qaramay kasallikka to`g`ri tashxis qo`yilmagan.
Sariosiyo tumanidagi otlarda tarqalgani aytilayotgan kasallikni aniqlash uchun dastlab qo`mita tomonidan maxsus ishchi guruh tuziladi. Aniqlanishicha, mutaxassislar tomonidan “Vochax” qishlog`i va unga chegaradosh hududlar yilqi kasalliklari bo`yicha epizootik monitoring qilingan. Hududda “Nutallioz” kasalligini keltirib chiqaruvchi kana yacheykalari mavjudligi aniqlangan. Qishloqda shu vaqtgacha 6 bosh ot yilqilari aynan shu yuqimsiz kasallik tufayli nobud bo`lgan.
Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida o`lgan otlarning qon zardobi, qulog`idan olingan mazok va boshqa namunalari bakteriologik, parazitologik va mikroskopik tekshiruvlardan o`tkaziladi. Tahlillar barcha otlar “Nutallioz” kasalligining og`ir formasi tufayli o`lganligini ko`rsatgan.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu kasallik O`zbekistonda ko`p uchramasligi sababli, unga qarshi dori vositasini topish ham qiyinchilik tug`diradi.
Eslatma: Nutallioz – toqtuyoqli hayvonlarda uchraydigan parazitar yuqumsiz kasallik bo`lib, kasallik qo`zatuvchisi piroplazmidalar turkumiga kiruvchi bir kletkali kana hisoblanadi. Kasallik hayvonlarning ich urishi, holsizlanishi, haroratining keskin ko`tarilishi bilan xarakterlanadi. O`z vaqtida davo choralari ko`rilmasa, hayvonning nobud bo`lish ehtimoli yuqori bo`ladi.