Sariosiyoda noma`lum kasallik tufayli ayni paytgacha 50 dan ziyod ot nobud bo`lgani, yana o`nlab otlar kasallangani aytilmoqda
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Shabnam mahallasi, "Vochax" qishlog`ida aholi asosan zotdor — yilqichilik parvarishi bilan shug`ullanadi.
2022 yilning mart oyidan boshlab otlar noma`lum kasallikdan nobud bo`la boshlagan. Mahalliy aholining Rost24.uz'ga ma`lum qilishicha, bu jonuvorlar kuchli tempuratura qilib, nafas olishi qiyinlashib uzog`i bilan 10 kun mobaynida o`lib ketyapti.
— Juda ko`p otlar harom o`ldi, toychoqlar etim qolyapti. Shaxsan mening zotdor otlarimdan 15 tasi o`ldi ularning har birining narxi bozorda 20 million so`m atrofida edi, — deydi qishloqda yashovchi Dilmurod Abdurahmonov. — Boshqa qishloqdoshlarimning ham otlari 40 dan oshig`i virus tegib o`lib ketdi. Qishlog`imizda 50 dan ortiq “Qorabayir” zotdor otlar endi yo`q. Bunday holat esa afsuski, davom etayapti. Otlarimiz qirilib ketayapti.
Qishloq ahli bu borada Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Veternariya tibbiyot birlashmasi bo`limiga, Sariosiyo veterinariya labaratoriyasiga va boshqa tuman vetenar vrachlariga murojaat qilganini, ammo murojaatlardan hesch bir natija chiqmayotganini aytadi. Mahalliy aholi ogtlarni noma`lum kasallikdan qutqarish uchun millionlab mablag` sarflamoqda. Biroq tavsiya qilinayotgan dori darmonlar, muolajalar hech qanday davo bo`lmayapti.
“Otlarning qirilishi davom etmoqda, veternar xodimlar dori sotish bilan ovora, labaratoriya xodimlari esa o`lgan otlarni ichki a`zolarini olib kelinglar, deb yilqichilardan pul olish bilan ovora. Nahot O`zbekistonga noma`lum kasallik kirib kelganu uni aniqlaydigan biror bir mutaxassis yo`q bo`lsa. 2022 yili 10 iyun kuni viloyat hokimi qabulxonasining 1088 ishonch telefoni raqamiga ham murojaat qildik, ammo natija bo`lmadi”, deydi qishloq ahli.
O`zbekistonga noma`lum kasallimk kirib keldimi yo…