Chiriyotgan simyog`och, chang ko`chalar, «svetsiz» uylar...Nomi yangi, muammolari eski Ko`kdala!

23.06.2022 15:54

Rost24.uzning «Mahallangizda muammo bormi?» (so`rovnoma) loyihasining navbatdagi soni Qashqadaryo viloyati, Ko`kdala tumani, «Davr» mahallasida o`tkazildi.

Chiroqchidan Ko`kdalaga meros — muammolar «Davr» mahallasini ham chetlab o`tmagan. Mahalla zamon talablaridan qanchalik chetda qolayotgani, mas`ullardan so`z ochganimizda, muammolardan gap boshlaydigan aholining e`tirozlarida yaqqol ko`rinadi.

Yo`limizda uchragan kishilarning aksariyati eski Chiroqchidan yangi Ko`kdalaga tayinlagan hokim - Xurram Jo`raevni tanishar ekan. Tuman deputati va hokim yordamchilarini esa yo`q.

Mahallada bo`lgan so`nggi o`zgarish haqida so`rasangiz fuqarolar 70 yillarda qurilgan, «Obod mahalla» dasturida bo`yoq ko`rgan, kun ora ta`mirlanib turiladigan transformatorni ko`rsatishadi, 50 yilni qaritgan simyog`ochlar chirib, elektr uzatuvchi simni simyog`och emas, sim simyog`ochlarni ushlab turganini aytishadi.

 


«Simyog`ochlarimiz chirib ketgan, ag`anab ketadigan bo`lsa, nevaralarimni tok urishi mumkin. Transformatorimiz tez-tez «tutab» turadi. Keyin, pul yig`amiz, yana sozlatamiz, ikki kun ishlaydi, yana svet o`chadi. Shuning uchun bizga transformator va simyog`ochlar kerak. Ekinlarimiz ham suv yo`qligidan quvrab yotibdi!..», deydi onaxon.

Muammolar haqida kimlarga murojaat etishganini so`rasangiz, odamlar «kattalar»ni bezovta qilishga iymanishlarini aytishadi:


«Endi shuning uchun ham «katta»larni yoki Prezident boboni bezovta qilish noo`rin deymiz. «Yangi O`zbekiston» deydi, «Yangi O`zbekiston»da birinchi o`rinda svetimiz yo`q. Buni kulib, xursand bo`lib gapirishyapti, deyishlari mumkin, yig`lagan bilan birov tinglamayaptida», — deydi fuqarolardan biri.

«O`zlaricha tekshirib ketishgandi», deya bir qancha asoslar keltiradi yana bir suhbatdoshimiz.
- «Ikki oycha bo`lib qoldi, elektrosetdan o`zlaricha tekshirib ketishdi. Ular: «163 talik transformator ekan, 120ta oilaga bo`ladi» deb daftarni yopib ketishyapti. Vaholanki, bitta elektr hisoblagichdan beshtalab oila foydalanyapti, hammasi bitta hisoblagichga to`lov qiladi. Xohlasangiz uyma-uy sanab ko`ring».



Mahallada tibbiyot sohasida kamchiliklar ham bisyor ekanini so`zlagan boshqa bir fuqaro, yaqin hududdagi ko`p tarmoqli shifoxonaning ahvoli haqida kuyinib gapirdi:

«2018 yil «Obod mahalla» dasturida yaqin hududdagi ko`p tarmoqli shifoxona 30 o`rinli deb qurilgan, lekin aslida azaldan 23 o`rinli bo`lgan, shu 23 o`rinligicha qolib ketgan. Bu bo`yicha qancha joyga murojaat qildim: O`zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasiga ham, Senat raisi Tanzila Norboevaga ham, Qashqadaryo viloyat hokimligiga ham, viloyat tibbiyot birlashmasiga ham chiqdim…, hammasiga chiqdim, umuman javob qoniqarsiz kelyapti».

Eng qizig`i, O`zbekistondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri joylashgan viloyat hududidagi mahallaga gaz o`z vaqtida kelmas ekan. Kelganda ham, gaz ballonlar ancha olisga tashlab ketilarkan:

«Gaz gaz balonda keladi, hov ko`chaning narigi boshiga to`xtatib ketadi. Chunki, ular mana bu yo`llardan yurolmaydi. Ko`pchilik chetga ishga chiqib ketgan, to`satdan gaz kelib qolsa, ayol kishilar borib, elkasiga ortib kelishiga to`g`ri kelib qoladi. Yoki aravada olib kelish kerak. Shu gaz ham vaqtida kelmaydi», — deydi u.

Xullas, aholining e`tirozlari talaygina. Mutasaddilar bu hududga tez orada e`tibor qaratadi degan umiddamiz!


Batafsil videoda tanishing:

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.07.2022 04:35
кимга айтсин барибир хеч ким кулок солмайдику,фойдаси йук халк давно буни тушунган