Toshkent shahar va Andijon viloyati hokimliklari Shavkat Mirziyoev farmoniga bo`ysunmaydimi?

28.05.2022 07:30

Prezident farmoni talablarini bajarmagani uchun endi bu ikki hokimlikka chora ko`riladimi?

Yoki bu ham shunchaki navbatdagi odatiy ma`lumotlarmi… 

Toshkent shahar va Andijon viloyati hokimligi xalq oldida hisoblashishga majbur. Ammo ikki hokimlik jamoatchilik uchun taqdim etishi shart bo`lgan ma`lumotlarni ochiqlamay kelmoqda.

Prezidentmizning 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son farmonida mahalliy byudjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag`lar yo`naltirilgan maqsadlar to`g`risidagi ma`lumotlar jamoatchilikka ochiq e`lon qilib borilishi majburiy etib belgilangan. Biroq, Toshkent shahar va Andijon viloyati hokimliklari mazkur farmonni mensimay kelmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga ko`ra, Andijon viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida ochiqlanishi shart bo`lgan ma`lumotlar so`ngi bor 2021 yil I choragi holatiga joylashtirilgan, Toshkent shahar hokimligi tomonidan esa umuman ochiqlanmagan.

Shuningdek, farmonga ko`ra, Toshkent shahar hokimligi 2022 yilning 1 apreliga qadar o`z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini o`tkazishi lozim va mazkur matbuot anjumani haqida 1 – 10 mart sanalari oralig`ida keng jamoatchilikka ma`lum qilishi kerak edi. Ammo, farmonning ushbu talablari ham hokimlik tarafidan chetlab o`tilmoqda. Toshkent shahar hokimligi sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda axborotlar joylab boradi, biroq bu ochiqlik degani emas.

Shu bilan birga poytaxt hokimligi matbuot xizmatida ikki yildan buyon matbuot kotibi tayinlanmaydi. Bu junalistlarga ma`lumot olishda qiyinchilik tug`dirib, ochiqlikni ta`minlashga to`sqinlik qiladi. Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligi tomonidan nima uchun Toshkent shahar hokimligiga matbuot kotibi tayinlanmagani bo`yicha izoh olaolmadik.

Toshkent shahar hokimligi muntazam ravishda axborotlar ulashib tursa-da, hokimlikning saytidan jamoatchilik uchun ochiqlanishi zarur bo`lgan moliyaviy axborotlarni topish mushkul. Tegishli tashkilotlarning mazkur vaziyatga ko`z yumayotganini qanday izohlash mumkin?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
15
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.05.2022 00:37
😡😡😡😡
28.05.2022 17:40
Соққани бос ўзбек!😡 Болам, амалдор бўлдинг Бола-чақа боққани. Эл ғамини қўя тур, Соққани қил, соққани. Ахир, қанча сарф қилдинг Катталарга ёққани. Ўрнини қоплаш учун Соққани қил, соққани. Топганингни яширгин - Боққами ё тоққами. Эл кўзига билдирмай Соққани қил, соққани. Ҳозир айни вақтидир, Бошқа бундай чоғ қани? Қамалиб кетмасингдан Соққани қил, соққани. Элу юртда туполон: Касал қани, соғ қани?! Сен буларга чалғимай Соққани қил, соққани. “Ҳаромхўрнинг қабрда Қийналармиш жон-тани...” Балким, эрта ўлмассан, Соққани қил, соққани. Мен киноя қиляпман, Дўстинг эмасман сани. Соққа сенинг дўстингдир, Соққани қил, соққани. Бир кун келар дехехе Пўстагингни қоққани. Унгача жавлон уриб, Соққани қил, соққани. Шеър муаллифи Ҳабибулло Мўйдинов
28.05.2022 17:38
Po’x… bu ikki lyubimchikka, qo’yib qo’ygan, kerak bo’lsa bir tiying olmaydi ham
28.05.2022 14:40
Тошкент шаҳар ва Андижон вилояти ҳокимликлари Шавкат Мирзиёев фармонига бўйсунмайди - Энди билдингизми?