Hokim yordamchisi lavozimi pora olish uchunmi? 

15.05.2022 17:14

Ta`sis etilganiga yarim yil ham to`lmagan lavozim egalari - hokim yordamchilaridan nechtasi qo`lga tushdi? Kim eng ko`p pora olgan?

«Prezidentning mahalladagi vakillari» deb atalgan hokim yordamchisi lavozimi 2022 yilning yanvaridan buyon mamlakatning 9300 dan ortiq mahallalarida joriy qilingan. Bu lavozimda ish olib borayotganlar bor-yo`g`i 4 yarim oydan buyon faoliyat yuritayotgan bo`lishsada, hokim yordamchisi pora bilan qo`lga tushishi holatlari kam emas.
Lavozim joriy qilinganida hokim yordamchilarini hech qaysi hokim yoki rahbar majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko`mib tashlamasligi», hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerakligini ta`kidlangan, «hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo`lishi lozim», deya himoyalangan xodimlar ishonchni oqlashdimi?

O`tgan davr davomida qancha hokim yordamchisi pora bilan qo`lga tushdi? Eng ko`p pora olgan hokim yordamchisi kim? Pora olgani ochiqlanmay qolib ketgan hokim yordamchilaridan farqli o`laroq, bu lavozimdagi omadsizlikka uchraganlar haqidagi statistika bilan tanishing.

Mart oyida Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha yordamchisi B.X. fuqarodan 5,5 million so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bu – O`zbekistonda hokim yordamchilari bilan bog`liq ochiqlangan birinchi jinoyat edi.

Qashqadaryoning G`uzor tumanida hokim yordamchisi 300 dollar olayotgan vaqtda qo`lga olindi. U mahalliy fuqaroga viloyat tez tibbiy yordam markaziga feldsher bo`lib ishlashga kiritishni va`da qilganligi aytilgan.

Toshkent tumanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hokim yordamchisini hibsga oldi. Ma`lum bo`lishicha, Toshkent tumanida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan shaxs mazkur tumandagi mahalla fuqarolar yig`inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi sinfdoshi bilan kelishib, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 4 sotix er maydonini mansabdor tanishlari orqali boshqa bir shaxsning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 30 ming AQSh dollari talab qilgan.

Zangiota tuman hokimining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo`yicha yordamchisi A.Yu. va tuman kadastr bo`limi sobiq xodimi U.A. pora olish vaqtida qo`lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lumotiga ko`ra, bu shaxslar tadbirkor R.dan qurilishga ruxsatnoma va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 15,5 ming dollar olishgan, yana 1 ming dollar olish vaqtida qo`lga tushgan.

Aprel oyi boshida Chust tumani hokimi yordamchisi er ajratib berish evaziga $15 ming talab qilib, mazkur jinoyat amalga oshirilayotgan vaqtda qo`lga olindi.

Hozircha yil boshidan buyon eng ko`p pora olgan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hokim yordamchisi bo`lib turibdi, u may oyida tadbirkordan 35 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, 19 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoev tamagirlik bilan shug`ullanadigan hokim yordamchilarini tanqid qilib, To`raqo`rg`on tumani «Sharq» mahallasidagi hokim yordamchisi pora olgani uchun 5 yilga qamalganini, bu kabi holatlar Mirzo Ulug`bek, Yunusobod, Bo`ka, Baxmal tumanlari, Marg`ilon, Shirin shaharlarida ham mavjud ekanini ma`lum qilgan edi.

Xo`sh, hokim yordamchilarining maoshlari qancha? Ularning pora olishga ehtiyoji bormi?

Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo`lgan mahallada – 4 mln 932 ming so`m;

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo`lgan mahallada – 5 mln 343 ming so`m;

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo`lgan mahallada – 5 mln 754 ming so`m.

Ammo, bu hammasi emas. Hokim yordamchilari faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi ham tashkil qilingan bo`lib, jamg`armadan
 

- hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi bo`yicha o`rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo`lgan qismini kompensasiya qilish;

- boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensasiya to`lash (BHMning 2 baravari miqdorida – 540 ming so`m);

- ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash;

- o`z shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini kompensasiya qilish;

- respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yo`l transportida borib kelishi uchun kompensasiya to`lash «ekonom» tarifi bo`yicha xarajatlarning 100 foizi, «biznes» tarifi bo`yicha xarajatlarning 70 foizi (samolyotda uchish bundan mustasno);

- yil yakuni bo`yicha o`ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya to`lash (uy-joy qiymatining 50 foizigacha, biroq 150 million so`mdan oshmagan miqdorda) va boshqa mukofotlar ajratish maqsadida foydalaniladi.

Prezidentga ko`ra, hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija ko`ringani yo`q. Ammo, hokim yordamchilari pora olish bo`yicha bir birlari bilan «musobaqa» qilishda davom etmoqdalar.

Keyingi vaqtlarda hokimliklar tizimida fosh etilgan jinoyatlarning aksariyati yo hokim o`rinbosarlari, yo hokim yordamchilari bilan bog`liq bo`layapti. Yana bir savol tug`iladi: Qarorlarni hokimlar qabul qiladi, porani o`rinbosarlar-u, yordamchilar oladimi?

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.09.2022 05:33
Men ham 2 oydan beri kreditga tavsiyanoma uchun sarsonman bahona bitta limit yoʻq. Davlat bizga qancha imkoniyat yaratadi lekin quyi boʻgʻimlarda bu imkoniyatlar amalda koʻrsatilmayapti. Hokim yordamchisi oxirgi safar borganimda juda balanddan keb gapirdi huddi xalq uni kaftida turgandek. Uni munosabatiga qarab yuqori davlat lavozimidagilar xalq bilan qanday munosabatda ekan deb oʻylanib qoldim. Hammamizga ham insof bersin.
14.07.2022 19:42
Men 3 oy boldi kredit ololmasdan sarsonman 33mlion somlik asbob uskinaga ariza tashaganman .hokim yordamchisi oldiga boraverip charchadim kayerga murojat kilsam boladi.
19.05.2022 04:10
Айтилишигаку яхшикуя, ишкилиб булар хокимиятнинг порахур бугимига айланмасинда
17.05.2022 03:24
Назаримда, хоким ердамчиси лавозимини тугатиш керак.Акс холда еш кадрлар миниб кетавердилар.
16.05.2022 17:51
Хоким ёрдамчилари бу президентнинг махалладаги вакили экан унга яхши ойлик хам, турли қўшимча имтиёзлар хам берилади, махаллий кенгаш депутутлар эса халқнинг жойлардаги вакиллари, уларга ойлик хам имтиёзлар хам йўқ (депутут дахлсизлигидан ташқари). Демак президент вакили халқ вакилидан устун турар эканда, қани бу ерда мантиқ! Хоким ёрдамчилари ишини махаллий кенгаш депутутларига берилса, улар бу ишни халқ учун сидқидилдан қилган бўлардилар!
16.05.2022 14:19
har kim ozi uchun ozi javob beradi hammamiz ollohdan qorqib farzandlarimizga halol rizq yediraylik.
16.05.2022 12:15
менимча хаммаси хам хоким ердамчилари эмас, айникса судлар жуда купку факат таниш билиш бори босилиб кетади,банкларчи кредит 10 фоизи бори чикади.
16.05.2022 02:13
Хоким ёрдамчтларидан хеч кандай фойда йук,улар давлат бюджетини кемирувчилар
16.05.2022 01:53
Порахўрликга қарши жазо чоралари кучайтирилмаса, жазо оғир ва қаттьий бўлмаса бу ҳолат такрорланаверади.
15.05.2022 23:15
Хоким ердамчисига тугри маьнода муаммони кундаланг килса у виждонан бажаради.лекин хокимбобо унга кунмайди.шунинг учун мажбур ушбу ишни килишга мен узим гувохиман.