Keyingi kunlarda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi birlashtirilishi, yangi vazirlikka rahbar sifatida Sardor Umrzoqov nomzodi ko`rilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Tashqi ishlar vazirligida rahbarlar kimlar? Navbatdagi tanishtiruvimizda ushbu vazirlik va uning rahbariyati haqida ma`lumot berishga qaror qildik.
Vazirlik faoliyati haqida qisqacha.
Vazirlikda mustaqillikdan beri 11 marta vazir almashgan. O`zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish, O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy yo`lini amalda ro`yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O`zbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tuzilmaviy bo`linmalari:
Vazirlik huzuridagi tashkilotlar:
Shu vaqtgacha 11 nafar vazir ushbu vazirlikda faoliyat yuritgan.
Demak, Abdulaziz Komilov 1994-2003 yillar oralig`ida va 2012 yildan to hozirgacha vazir sifatida faoliyat yuritmoqda.
Tashqi ishlar vaziri o`rinbosarlari:
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o`rinbosari - Norov Vladimir
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari SIDIKOV FURQAT
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari XAMRAEV ERKIN.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari FAZILOV GAYRAT
Eslatib o`tamiz, joriy yil 29 mart sanasida «Abdulaziz Komilov ixtisoslashgan tibbiy ko`rikdan o`tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda», - degan mazmunda vazirlik rasmiy saytida xabar e`lon qilingan edi. Oradan qariyb bir yarim oy vaqt o`tdi, lekin hali hanuz o`z faoliyatiga qaytmadi va vazirlik tomonidan boshqa hech qanday ma`lumot berilmadi.
Bundan oldin quyidagi yuqori tashkilotlar tuzilmasi haqida ma`lumot bergan edik: