O`ZBEK TILI UChUN KURASh KEChAYoTGAN DAVRLARDA YoZILGAN OTAShIN ShE`R!!!

21.10.2021 13:33

BUZILGAN ELNI BOTIR TUZAR
(Xalq maqoli)

Tuprog`imni yov olgan yo`q,
Yurtimga qiron solgan yo`q.
O`zim-o`zim» deydi o`zbek,
Elni buzgan xuddi shu o`q.
O`h, botirim qaydasan?

Shafaq bag`ri alvon-alvon,
To`ralardan vatan vayron.
G`ajirday g`ajir bir-birin,
Tumshug`i qon, tirnog`i qon.
O`h, botirim qaydasan?

O`zbekning o`ti bor, derlar
Va lekin «cho`p»i bor derlar.
Yohu, bunday el ko`rmadim,
Bir-birin kovlashib, erlar.
O`h, botirim qaydasan?
………………….
O`zbek, qachon el bo`lasan,
To`lib toshgan sel bo`lasan?
Shu ketishda ketsang agar,
Bir kun qora er bo`lasan!
O`h, botirim qaydasan?

Azim SUYuN

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
21.10.2021 14:45
Мустақиллик учун курашганлар. Тил учун курашганлар. Ватангадолар, Хоинлар, Қора кучлар, Ғарб малайлари унвонлари билан мукофотланганлар.