Behzod Musaev topshirig`i tanqiddan so`ng bajariladigan bo`ldi

26.09.2021 07:32

Amaldorlar topshirig`i ham ommaviy axborot vositalari aralashmasa bajarilmaydimi?

Rost24.uz saytida joriy yil 5 avgust kuni fuqaro murojaatini o`rgangan holda, "Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev topshirig`i bajarilmadi" sarlavhasi ostida material chiqqan edi.

Unga ko`ra, Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan O`zbekiston "Milliy" universiteti va Toshkent Texnika universiteti binolarining o`rtasida joylashgan 300 metrlik yo`l abgor holatda edi. Bu yo`ldan esa 2 ta universitet o`qituvchi va talabalari, undan tashqari shu erda yashovchi aholi foydalanishi aytib o`tilgan edi.

Nihoyat Toshkent shahar Olmazor tuman hokimligi 23 sentyabr sanasida Rasmiy munosabat bilan chiqdi:

Olmazor tumani hokimligi ushbu ko`cha TOB mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib, o`rganib quyidagilarni ma`lum qildi:

"Ushbu ko`cha haqiqatda 3200 m2 qismi ta`mirlab bo`lib, hozirgi kunda ko`chani O`zMU tasarrufiga o`tqazish uchun kadastr hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu ko`chada O`zMU o`z tasarrufiga o`tgandan so`ng ta`mirlash ishlari olib boriladi".

Masala ijobiy tomonga hal etilgani bu faqat va faqat fuqarolarimiz qulayligi uchun xizmat qiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.09.2021 15:25
Bosh vazir o'rinbosari buyrug'i salkam ikkida bajarilsa, oddiy fuqaroning iltimosi hech qachon bajarilmas ekan-da.