K.Allamjonov Kun.uzga egalik qilmaydi

20.09.2021 07:54

Kun.uz sayti tahririyati Rost24.uz saytida e`lon qilingan materialga e`tiroz bildirdi.

Saytimizda “Tarafkashlikka bo`lingan jurnalistika erkin bo`la oladimi? BIR DAQIQA ERKINLIK HAQIDA ShAXSIY FIKR" maqolasi e`lon qilingan edi. Unda yirik tadbirkorlarning ommaviy axborot vositalariga egalik qilishi oqibatida media o`zaro taraflarning kurash maydoniga aylanib qolishi mumkinligiga urg`u berilgandi.

Kun.uz tahririyati Rost24.uz da ko`tarilgan bu masala haqiqatan dolzarbligi va ular uchun ham muhimligini e`tirof etdi. Shu bilan birga ayni maqolada kun.uz va Allamjonov misol tariqasida keltirilganiga e`tiroz bildirdi.

Maqolada keltirilgan “Allamjonov kun.uzning ma`lum bir aksiyalariga egalik qilishi yoki qilmasligini undagi J.Ortiqxo`jaevga bog`liq materiallari ruhidan ham sezish mumkin”, mulohazasini xato sifatida qabul qilib, tahririyat Allamjonovga tegishli emasligini ma`lum qildi. Shuningdek, saytning Ortiqxo`jaevga nisbatan qarshiligi yo`qligini ham bildirdi.

Kun.uz tahririyatining Rost24.uz ga taqdim qilgan ochiq ma`lumotlariga ko`ra, sayt Allamjonovga tegishli emas.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
22.09.2021 15:03
Кун.уз аник алламжонийники
20.09.2021 10:17
"Jannatning eng ilg'or xabarchisi" "kun.uz"ning o'zi-ku.
20.09.2021 10:14
"O'zining to'g'riso'zligi haqida maqtangan odam bilan qimor o'ynama". (Аmerika maqoli)
20.09.2021 09:51
Nima bo'libdi, men 26 yil o'qituvchilik qilib, topganim 480yoshimda insult va 1-guruh nogironlgi bo'ldi, ammo bu haqda butun dunyoga jar solganim yo'q.