Rost24.uz'ning navbatdagi so`rovnomasi Toshkent tumani, Bunyodkor mahallasida o`tkazildi.
Mahallaga kirib borarkanmiz, duch kelgan birinchi fuqaro odatiy savollarimizga javob berarkan, avvalo ta`mirsiz yo`llar masalasiga alohida to`xtalishdi:
«Aytaymi, biz hozir chaqaloq olib chiqishimiz kerak, anovi qimmat mashinalar kirmaymiz, deyapti. Nega desangiz, hamma yo`limizning ahvolini biladi. Noilojlikdan o`zimizning “jiguli», «volga» mashinada olib chiqishga majbur bo`lyapmiz.
Men shu mahallada 29 yildan beri yashayman, shundan beri, o`sha bomba tushgan mahalla, o`sha bomba tushgan mahalla. Xullas, amalda hech narsa yo`q», - deydi u.
So`rovnomamizda davomida Toshkent tumani hokimi kim, Tuman deputati kim, degan mazmundagi savollarimizni mahalla kishilariga berarkanmiz, turlicha javoblar oldik. Biri Toshkent tumani hokimi Zoyir Mirzaev desa, boshqasi ayni vaqtda tuman hokimi ham, tuman deputati ham, hatto birinchi sektorning boshlig`i ham bitta odam, deydi.
2014 yilda boshqa hududdagi turar joyi buzilib, Bunyodkor mahallasiga ko`chirilgan fuqarolar – kelganimizdan xabar topib, 46 varaqli murojaatlar kitobini ko`tarib chiqdi:
- mahallaga eng yaqin shifoxona bu erdan 7,5 km olisda joylashgan;
- mahalladagi maktab qamrovi kamligi sababli, aholining katta qismi farzandlarini shahar maktablarida o`qitadi;
- mahallada birorta davlat bog`chasi yo`q, mavjud xususiy bog`chalarning oylik narxlari esa juda yuqori;
- mahallaning guzariga ajratilgan joy tadbirkorga berib yuborilgan. Tadbirkor bu erni OLXga qo`yib sotmoqchi.
Ularning aytishicha, oldin yashagan uylarining buzilishi evaziga berilishi va`da qilingan kompensasiya pullari to`lanmagan. Imoratlarini to`liq o`zlari qurib bitirishgani etmagandek, elektr, suv, gaz ta`minotini ham o`z resurslari bilan yo`lga qo`yishgan.
«O`sha paytda, bizga Vazirlar mahkamasi qarori ko`rsatilib, kompensasiya pullari to`liq qoplab beriladi, deyilgandi. Lekin, unday bo`lmadi. Mana, hozir hammasi xalqning elkasiga kelib tushyapti», - deydi fuqarolar.
Batafsil videoda ko`ring:
Rost24.uz saytining «Mahallangizda muammo bormi» loyihasi yana davom etadi.
Biz bilan bog`laning va o`z mahallangiz muammosini kun tartibiga qo`ying (Murojaat qilguvchi haqidagi ma`lumotlar to`liq sir saqlanadi).
Murojaat uchun: