Ishdan ketgan Alisher Sultonovning siyosiy karera yo`li: Muhandislikdan vazirlikkacha

07.04.2022 20:47

Bugun Prezident matbuot kotibi Alisher Sultanov Saidabbosovich davlat rahbari Farmoniga ko`ra Energetika vaziri lavozimidan ozod etilganini xabar berdi. Xabarda uning boshqa ishga o`tayotgani va salomatligi sabab qilib ko`rsatilgan. Alisher Sultonov Energetika vaziri lavozimi bilan bir vaqtning o`zida Bosh vazirning o`rinbosari, O`zbekiston Rowing&Canoe federasiyasi raisi sifatida ham faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Alisher Sultonovning tarjimai holi

Alisher Sultonov 1967 yil 29 noyabr kuni ziyoli oilasida tavallud topgan. Uning otasi Saidabbos Sultanov Fanlar akademiyasida ish boshqaruvchi edi.

Alisher Sultanov ham Mehnat faoliyatini 1991 yilda aynan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida boshlagan. Aniqrog`i Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish bo`limi texnologligidan boshlagan.

Uing neft-gaz sanoatidagi faoliyati 1996 yildan boshlangan bo`lib, 2002 yilgacha tizimdagi korxonalarda mutaxassis lavozimidan to boshqarma boshlig`i vazifalarigacha bajargan.

2002 yildan esa O`zbekistonning eng yirik korxonalaridan biri bo`lgan «Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi»ga direktor etib tayinlanadi. U bu lavozimda 2013 yilgacha faoliyat olib borgan.

Keyin esa, aniqrog`i  2013−2015 yillarda «O`zbekneftgaz» raisi o`rinbosari bo`lgan, 2015 yil avgustidan 2018 yil sentyabriga qadar «O`zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Bosh vazir o`rinbosari — Geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

2019 yil fevralida O`zbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini o`rnatuvchi yangi vazirlik tashkil etilib, «O`zbekenergo» AJ, «O`zbekneftgaz» AJ, «O`zbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlari mazkur vazirlikka o`tkazilgan. Bu vazirlikka esa Alisher Sultonov birinchi rahbar sifatida tayinlandi.
                    
Alisher Sultanovga asosiy lavozimlari qatorida bir qancha qo`shimcha vazifalar ham yuklangandi.   Masalan, 2017 yilning yanvaridan 2018 yilning yanvarigacha, bir yil  davomida Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, keyinchalik 2018 yil dekabr oyigacha Qo`mita vise-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, ma`lum muddat O`zbekiston shaxmat federasiyasiga rais ham bo`lgan. 

                  Avtohalokatning jiddiy asorati

Alisher Sultonov 2018 yilning 20 avgustida avtohalokatga uchrab, shifoxonaga yotqizilgandi. Avvaliga uning ahvoli yaxshi ekani va tez orada ishga qaytishi haqida aytildi, keyinroq uning jarohati jiddiyligi, chap son suyagi chiqqani, chanoq kosachasida yopiq sinish, ko`krak qafasining 7-10 qovurg`alari yopiq singani, bosh tepa sohasi lat egani ma`lum bo`ldi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
14.04.2022 18:00
цингани мас сингани хато ёзманглар