Hokim o`rinbosari qidiruvga berildi

30.03.2022 16:13

Zangiota tumani hokim o`rinbosari ustidan korrupsiya, rastrata va o`zlashtirish ayblovlari bo`yicha jinoyat ishi ochildi. Ayni damda hokim o`rinbosariga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

Bosh prokuratura matbuot kotibining Rost24.uz’ga ma`lum qilishicha, Zangiota tuman hokimining sanoatni rivojlantirish kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari Jasur Usmonalievga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

J.Usmonaliev Jinoyat Kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan ayblanmoqda. Shuningdek unga sirtdan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan hamda qidiruv e`lon qilingan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
22
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.04.2022 00:48
Topildimi axir. Yo haliyam topilmadimi zam.holim