Ukraina-Rossiya: so`nggi ma`lumotlar

15.03.2022 17:36

Ukraina rasmiylari Rossiya nazorati ostidagi hududlarda jurnalistlar qo`rqitilayotgani haqida xabar bermoqda.

Gaaga Xalqaro sudi ertaga – 16 mart kuni Ukrainaning Rossiyaga qarshi da`vo qilgan ishi bo`yicha qaror chiqaradi.

Rossiyada jonli efir vaqtida afisha bilan chiqqan qiz Mariya Ovsyannikova polisiya tomonidan hibsga olingan, hozir milisiya bo`limida so`roq qilinmoqda.

Marina Ovsyannikovaning Facebook sahifasiga allaqachon mingdan ortiq minnatdorchilik bildirilgan sharhlar yozilgan.

CNBCga ko`ra, AQSh Rossiya bilan savdo-sotiqqa to`liq embargo joriy etishni, shuningdek, mamlakatning xalqaro dengiz yo`llariga chiqishini to`sib qo`yishni rejalashtirmoqda.

Arestovichga ko`ra, Xitoy iqtisodiyotining 75 foizi G`arbga bog`liq. G`arb sanksiyalari ishga tushisa, Xitoy kerak bo`lsa uch marta Rossiyani sotishga tayyor bo`ladi.

Vladimir Zelenskiy Marina Ovsyannikovaga minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya va Ukraina o`rtasidagi muzokaralarning 4-raundi bugun davom etadi.

Rossiya Xitoydan oziq-ovqat masalasida yordam so`ragani ma`lum qilindi.

Ukraina tomonidan Rossiya bilan tinchlik kelishuviga eng erta holatda bir-ikki hafta ichida, eng kechi may oyida erishilishi mumkinligi ma`lum qilindi.

"Yaponiya Rossiyaning energiya resurslariga, jumladan suyultirilgan gaziga qaramlikni kamaytirishni rejalashtirmoqda", Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Koiti Xagiuda.

Mariupoldagi qurbonlar soni 20 mingga yaqinlashishi mumkin, bu haqida shahar merining maslahatchisi Pyotr Andryushenko ma`lum qildi.

“Ukrainadagi biolaboratoriyalar nafaqat Rossiya, balki butun Evropa uchun xavf tug`diradi”, deb xabar berdi Rossiya TIV.

RF Qurolli kuchlari Xerson viloyatining butun hududini to`liq nazoratga oldi.

Evropa Ittifoqining yangi sanksiyalari Rossiyaning ayrim davlat korxonalari bilan har qanday operasiyalarni taqiqlashni o`z ichiga oladi. Evropa ittifoqi, shuningdek, Evropa reyting agentliklariga Rossiya va uning kompaniyalariga reyting berishni taqiqlaydi.

Evropa ittifoqi Rossiyadan po`lat va temir mahsulotlari importiga cheklovlar kiritdi va hashamatli tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqladi.

Kievda 15 mart soat 20:00 dan – 17 mart soat 7:00 gacha komendantlik soati e`lon qilindi. Komendantlik soatida shahar bo`ylab maxsus talonlarsiz harakatlanish taqiqlanadi.

Rosstatning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, mart oyi boshida Rossiyada inflyasiya 2,2 foizgacha tezlashgan.

Peskovga ko`ra, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini sindirdi deyish xato: u qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda, biroq har bir yomonlik ortidan yaxshilik keladi.

Urush boshlanganidan beri Ukrainani uch milliondan ortiq odam tark etgan.

Rossiyada hozirgacha 20 ga yaqin mashhur VPN xizmatlari bloklandi va Roskomnadzor buni davom ettirishini ma`lum qildi.

Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi deputati Oleg Morozov Ukraina bilan muzokara jarayonini Ramzan Qodirovga ishonib topshirishni taklif qildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар