Ukrainadagi o`zbekistonliklarni Vatanga qaytishi uchun sharoit yaratildimi? Nega jarayon kechikmoqda?

27.02.2022 18:02

Biroz avval telegramm kanalimizda 400 ga yaqin o`zbekistonliklar Lvovda qolayotganliklari haqida ma`lum qilgan edik. Nima sababdan ularni Polshaga olib chiqib ketilishi kechiktirildi? Kievda ayni vaqtda vaziyat qanday? Navbatdagi evakuasiya haqida xabarlar bormi? Polshaga ӯtgan ӯzbekistonliklar qachon olib kelinadi? Biz hamyurtlarimiz tomonidan berilayotgan savollarga oydinlik kiritish maqsadida ayni vaqtda Kievdagi O`zbekiston elchixonasiga yordam berayotgan volonter, xirurg Temur Yusupov bilan suhbatlashdik.

Kievda ayni vaqtda vaziyat qanday?Tunni qanday o`tkazdingiz? Yaxshi tomonga o`zgarishiga umid bormi?

-  Menimcha tunni hamma uxlamasdan o`tkazdi, xavotir bilan. O`q ovozlari, portlashlar tingani yo`q. Ayni vaqtda, yakshanba 09:40 da Kievda jim-jitlik. Aytishim kerakki, judayam qӯrqinchli sokinlik hozir, xuddi kinolardagiday. Vaziyat soniyasiga, minutiga ӯzgarib bormoqda. Qisqa vaqtda bu urush tugashiga umid qilib turibmiz.

O`zbekistonliklar Lvovga borishlari aytilgandi, lekin bizdagi ma`lumotlarga qaraganda vokzalda 400 ga yaqin hamyurtlarimiz qiyin holatda qolishayapti.... Navbatdagi evakuasiya qachon bo`ladi? Lvovga borishning eng optimal yo`li qaysi hozirda?

Ko`p ishlarga komendantlik soati xalaqit berdi. Dushanba, 28 fevral kuni soat 8 dan boshlab yurish mumkin bo`ladi. Yanayam bu soat uzayishi mumkin degan yangiliklar ham bor. Vatandoshlarimizni Lvovdan Polshaga yuborish bugun reja qilingan edi, avtobuslar topilgandi. Yoqilg`i hamma muammolar hal qilinib, bugun chiqaramiz degan niyat bor edi. Afsuski, avtobuslar kirib kelolmayapti. Birinchi katta muammo. Kirib kelgani ham Ukraina aholisi uchun xizmat qilishni boshlayapti.

«Komendantlik soati»ni hisobga olsak, hozir Kievdan chiqib ketish judayam xavfli. Nafaqat Kievda, balki boshqa shaharlarda ham kӯchaga chiqib harakatlanish xavfli.

Eng xavfsiz variant hozir temiryo`l hisoblanyapti. Chunki xodimlar bilan gaplashganimizda, ular poezdlar oldingi rejimda qatnovni amalga oshirmoqda deb aytib ӯtdi. Aniq grafik bӯlmasligi mumkin, albatta, urush vaqti, bir soat kech yo erta bo`lishi mumkin. Poezd soni kamayishi mumkin. Lekin, harakat bor. Maslahatimiz, uyda ӯtirgan vatandoshlarimiz kӯchaga chiqishmasin. Vokzalda bӯlganlari esa poezd orqali borishlarini sӯrab qolamiz. Avtomobil juda xavfli hisoblanadi hozir. Buni barcha Ukrainadagi ӯzbeklarga etkazishni sӯrab qolardim. Chunki Ukraina harbiysi dushman bilan oddiy odamlarni ajrata olmasligi mumkin. Bu jihatdan xavfli.

Lvovga borgan ӯzbeklar nima qilishi kerak?

- Lvovda hozir juda-juda odam kӯp. Har bir davlat yashil koridor ochamiz degan edi. Hozir buning qonuniyati ancha ӯzgardi. Ayollar muammosiz ӯtishyapti. Navbatda turishlari mumkin, lekin ӯtishmoqda. Erkaklar masalasida sal qiyinchilik bӯlmoqda. Polsha hududiga qochqinlar ham ӯtishmoqda, boshqa davlatlarning. Shuning uchun ular ham ehtiyotkorlik qilishyapti. Lekin, ӯtkazishmoqda. Kecha 3 ta avtobus 100 ga yaqin vatandoshlarimizni avtobusga ӯtqazib olib ӯtishyotgan edi. Lekin Polsha chegarasida navbat bӯlganligi uchun, muammolar paydo bӯldi va shuning  uchun ayollarni ӯzini olib ӯtishgan. Tirbandliklar juda kӯp. Piyoda ӯtish ancha yaxshi. Shuning uchun yo`l qisqartirish uchun xavfsiz yӯllardan avtobuslarda olib ӯtilmoqda.

Polshaga ӯtgan ӯzbekistonliklar qachon Ӯzbekistonga olib kelinadi?

- Birinchi navbatda ular xavfsiz hududda. Bu bizni  qoniqtiradi. Tashqi ishlar vazirligi va elchixona bilan hamkorlikda Polshaga ӯtgan vatandoshlarimizni olib ketishga harakat qilishmoqda. Polshaga ӯtgan ӯzbekistonliklar soni kӯpaygandan keyin charter reyslar kelib olib ketiladi. Qisqa vaqtda boshlanishini kutyapmiz.

Polshadan O`zbekistonga olib kelish bo`yicha narxlar belgilanganmi? Puli yo`q bo`lsa fuqaroga moliyaviy yordam ko`rsatiladimi?

- Hozir charter reyslar mutlaqo bepul, davlat tomonidan qoplanadi.

Mustaqil ravishda Polsha yoki Moldovaga ӯtgan fuqarolar taqdiri nima bo`ladi? Ro`yxatdan ӯtmasa, ular charter reyslar ro`yxatiga kira oladimi?

- Mustaqil ӯtgan fuqarolarimiz, Polshadagi elchixonaga murojaat qilishi mumkin. Chegarada ham ular muhofazaga olinmoqda. Ro`yxatda yo`q bo`lsa ham charter reysga chiqishadi.

Moldovada havo qatnovi tӯxtatilgan. Shuning uchun bizning Tashqi ishlar vazirligimiz bu muammoni qanday qilib echib, fuqarolarni olib chiqib ketishni ӯylashmoqda. Asosiysi ular xavfsiz hududda.

Ukrainada 4 mingdan ziyod fuqarolarimiz bor deyildi. Ularni qanchasi bilan aloqa ӯrnatilgan? Halok bӯlganlar haqida xabarlar eshitmadingizmi?

- 4300 nafardan ziyod fuqarolarimiz bor hozirgi vaqtda. 3000 dan ziyod fuqarolarimiz bilan ya`ni, 80-90 foizi bilan aloqadamiz. Yaralanganlar to`g`risida hech qanday xabar bӯlmadi.

Ӯzbekistonda turib fuqarolarimiz u yoqdagi vatandoshlarga yordam bera oladimi?

- Afsuski, yordam berisholmaydi. Bitta iltimosim, qaysidir yaqini bilan gaplasha olmayotgan bӯlsa, vahima qilmasliklarini sӯrab qolardim. Telefon quvvati yӯqligi yoki internet trafik ӯchganligi bilan bog`liq muammolar orqali ham ular xabar berolmayotgan bo`lishi mumkin, albatta. Og`ir ahvoldagi vatandoshlarimiz yӯq hozir. Ma`lumot olish uchun ham rasmiy joylardan xabarlarni ӯqishlarini tavsiya qilaman. Chunki yolg`on ma`lumot juda kӯp tarqalmoqda.

Suhbatni to`liq audioda tinglashingiz mumkin.

Izoh: Suhbat bugun, 27 fevral kunning birinchi yarmida yozib olingan. O`tgan vaqt mobaynida vaziyat o`zgargan bo`lishi mumkin. Elchixona xodimlarining yuklamasini inobatga olib, ularning ishlariga xalaqit bermaslik maqsadida norasmiy bo`lsada, hozirda jarayonlar ichida bo`lgan insondan ma`lumotlar olindi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар