Rost24.uz sayti Ukrainadagi yurtdoshlarimiz bilan onlayn muloqot o`tkazdi

24.02.2022 21:28

Ukrainada urush o`chog`ida qolgan o`zbekistonliklar xavotirda.

Ma`lumotga ko`ra, hozirda Ukraina hududida 4300 ga yaqin O`zbekiston fuqarosi bo`lib turibdi. Ammo ular haligacha evakuasiya qilingani yo`q.

Rost24.uz sayti ayni paytda Ukrainada bo`lib turgan fuqarolar bilan onlayn videomuloqot qildi. Ular mamlakatda vaziyat jiddiylashgani, Ukraina shaharlarini odamlar allaqachon tark etayotgani, o`zbeklar esa nima qilishni bilmay yashash manzillaridan chiqmay turishdan boshqa chora topolmayotganini aytishmoqda.

Ukrainadagi O`zbekiston elchixonasi hamyurtlarimizga buyum va hujjatlarini tayyorlab turishlarini aytgan. Elchixonaning maxsus vakili Xabarovskka yo`l olgan. Rasmiy manbalar O`zbekiston Respublikasining Kievdagi Elchixonasi tomonidan evakuasiya rejasi ishlab chiqilayotgani va shu maqsadda, birinchi navbatda, qo`shni davlatlar orqali jo`nab ketish yo`nalishlari va keyingi borish manzillari o`rganilayotganini xabar bermoqda. Ammo talabalar va mehnat muhojirlari tezroq Vatanga qaytishni istaydi.

Ma`lumot o`rnida, Ukrainadagi talabalarning aytishicha, Qozog`iston, Misr kabi bir qancha mamlakatlar o`z fuqorolarini evakuasiya qilishni boshlagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар